200MP kamerali yana bir Ultra smartfon

200MP kamerali yana bir Ultra smartfon

Xitoylik yana bir smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniya, Infinix Mobile yaqinda o'zining Zero Ultra smartfonini chiqarishini rasman ma'lum qilgan edi. Biroq, taqdimotdan avval smartfon jonli suratlarda tarqatib yuborildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan suratlar eng birinchi navbatda Infinix Zero Ultra'ning tashqi ko'rinishini oshkor qiladi: smartfonning old yon tomonlari sezilarli darajada egilgan bo'lib, ekran yuqori markazida teshikli tirqishda 32MP bo'lishi kutilayotgan selfi kamera joylashgan. Orqa tomonida esa smartfon ikkita katta va bitta kichkina kamera modullariga ega.

Infinix Zero Ultra katta ehtimol bilan 200 megapikselli asosiy kameraga ega bo'lishi tahmin qilinayotgan edi - suratdan ko'rish mumkinki, bu mish-mishlar o'z tasdig'ini topgan. Qo'shimcha kameralar esa 8MP telefoto va yana bir 8MP linza bo'lishi mumkin. Shuningdek, smartfon Dimensity 920 chipseti bilan Android 12'ga asoslangan XOS qobig'ida ishlashi ham ma'lum bo'ldi. Uning xotirasi 8+3GB operativ, 256GB doimiy bo'lib, batareyasi 5,000 mA/s bo'lishi va u 180 Vt tezlikda zaryadlanishi aytilmoqda.

Kompaniya Zero Ultra'ni 5-oktabr kuni global bozorga oq va qora ranglarda taqdim qilishi kutilmoqda.

O'QING: Hech qanday tirqishlarsiz, to‘liq ekranli eng arzon smartfon

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!