2014 yildan beri chiqqan barcha Samsung smartfonlari xavf ostida ekan! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1936
  •  07.05.2020 14:02

2014 yildan beri chiqqan barcha Samsung smartfonlari xavf ostida ekan! (+«jonli» video)

Samsung kompaniyasi Galaxy S20 turkumidagi flagmanlari va Galaxy Fold buklamafoni uchun allaqachon may oyi xavfsizlik patchlarini tarqatmoqda. Uning o‘z smartfonlarini bu qadar shoshilinch, hattoki Google’dan ham avval yangilashiga jiddiy sabab bor ekan.

O‘QING: Google Samsung bilan hamkorlik qiladi

Gap shundaki, janubiy koreyalik texnogigant 2014 yildan buyon chiqarib kelayotgan barcha rusumlardagi smartfonlar himoyasida jiddiy xatolik bor ekan. Ularda qo‘llanuvchi Qmage (.qmg) surat formati hamda Android Skia grafik kutubxonasi orqali xakerlar smartfon himoyasini buzib kira olishlari aniqlandi.

SVE-2020-16747 deb nomlangan mazkur himoya tuynugini Google Project Zero jamoasi a’zosi, xavfsizlik mutaxassisi Mateush Yurchik (Mateusz Jurczyk) topgan. Undan qanday foydalanish mumkinligini u ko‘rsatib ham bergan:

Shundan so‘ng Samsung tez orada ushbu kamchilikni bartaraf etuvchi xavfsizlik patchlarini chiqargan va ularni o‘zining dolzarb flagmanlaridan boshlab barcha smartfonlariga tarqata boshlagan.

Agarda siz ham mazkur yetakchi smartfonsoz telefonini ishlatayotgan bo‘lsangiz, yangilanishlarni hamisha tekshirib turing va apdeyt kelishi bilan o‘rnatib oling – shunda yuqoridagi kabi xavflardan xoli bo‘lasiz.

O‘QING: Hamyonbop Samsung smartfoni bu testda Honor, Xiaomi va hatto Apple flagmanlarini yengdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!