2015 yilning eng yaxshi smartfonlari nomi e’lon qilindi

2015 yilning eng yaxshi smartfonlari nomi e’lon qilindi

Mobil texnologiyalar sohasida obro‘li nashriyot sanalgan PhoneArena iPhone 6s`ni 2015 yilning eng yaxshi smartfoni deb e’lon qildi. Mobil elektronika sohasini yil davomida sinchkovlik bilan kuzatib, tekshiruvlardan o‘tkazib borgan manba yakunda Apple flagman uskunasini o‘z reytingining eng yuqori pog‘onasiga qo‘ydi.

2015 yilning sentyabrida taqdim etilgan metall korpusli 4,7 va 5,5 dyuym displeyga ega iPhone 6s va iPhone 6s Plus smartfonlari eng yetakchi texnologiyalarni qo‘llaydi. Ular M9 hamprotsessorli ilg‘or Apple A9 protsessori, bosish kuchini aniqlay oladigan 3D Touch displeyi, 4K formatda video tasvirga oladigan 12 megapikselli kamera, ikkinchi avlod Touch ID skaneri, yanada tezkor Qualcomm LTE-chipi bilan ta’minlangan.

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Samsung Galaxy S6 o‘rin egalladi. Mazkur uskuna Android platformasidagi eng yaxshi smartfonlardan biri deb tan olindi. Jurnalistlar fikricha, Janubiy Koreya smartfoni o‘z dizayni, yuqori samaradorligi va a’lo sifatli kamerasi bilan maqtana oladi. Sifatli tayyorlangan va texnik jihatdan ham zamon talablariga mos.

“Katta smartfonlar” sinfida esa Samsung Galaxy Note 5 va Nexus 6P planshetofonlari eng yaxshi deb tan olindi. Eng ixcham smartfon sifatida sifatli esa kamera, barmoq izi skaneri, tiniq ekrani bilan ajralib turuvchi iPhone 5s tilga olindi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!