2017 yilgi Galaxy A modellari Galaxy S7 dizayni va xususiyatlariga ega

  •   DiMaX
  •  1838
  •  07.05.2017 17:18

2017 yilgi Galaxy A modellari Galaxy S7 dizayni va xususiyatlariga ega

2017 yilni Samsung kompaniyasi yangilangan Galaxy A seriyasi smartfonlari bilan boshladi. Ishlab chiqaruvchi devayslarning nomini o‘zgartirmadi, faqat yilini anglatuvchi «2017» qo‘shimchasini aytmaganda. Ammo xususiyatlariga ko‘ra ular ko‘proq flagman modellarini eslatadi – tashqi ko‘rinishidan ham, xususiyatlariga ko‘ra ham.

Ekrani 4,7 dyuymli Galaxy A3 (2017), 5,2 dyuymli Galaxy A5 (2017) va 5,7 dyuymli Galaxy A7 (2017) xuddi o‘tgan yilgi Galaxy S7 kabi dizaynga ega – metall korpus, har ikki tomonidan 2,5D-shisha bilan qoplangan.

«Samsung hamisha o‘z foydalanuvchilari uchun eng ilg‘or mahsulotlarni yaratishga intiladi. Galaxy A (2017) seriyasidagi smartfonlar – buning yaqqol isbotidir. Biz iste’molchilarga ma’qul kelgan qurilmalarning dizaynini, shuningdek, texnik imkoniyatlarini yanada takomillashtirdik», – deydi Samsung Electronics Mobil aloqalar yo‘nalishi prezidenti Dong Jin Ko.

Yangi Galaxy A3, A5 hamda A7 (2017) modellarining oldingi yillardagisidan farqlanuvchi asosiy xususiyatlaridan biri IP68 standarti bo‘yicha himoyalanganligidir. Bu himoya ularni istalgan sharoitlarda, jumladan, yomg‘ir ostida, hatto ma’lum bir muddat bir metrlik suv tubida ham ishlay olishiga imkon beradi.

Shuningdek, ular flagman modellarining «Hamisha faol ekran» funksiyasini ham meros olishgan. Bu degani – hatto bloklangan holatda turganida ham displeyda turli ma’lumotlar: vaqt, sana, o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlaru kelgan xabarlar haqidagi bildirishnomalar va boshqalar aks etib turadi.

O‘zgarishlardan yana biri – qurilmalar to 256 GBgacha sig‘imli microSD xotira kartasini o‘qiy olishidir. Endi Galaxy A5 hamda A7 (2017) modellariga bir vaqtning o‘zida ikkita SIM-karta va microSD qo‘yish mumkin.

Avvalgi modellardagi microUSB o‘rniga bu yilgi devayslarda universal USB Type-C porti mavjud; u kabelni istalgan tomoni bilan ulashga imkon beradi va batareyani tezkor to‘ldirish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 2017 yilgi bu modellar Samsung Pay servisi bilan ishlay oladi; ya’ni NFC va MST texnologiyalari tufayli, smartfon orqali savdo nuqtalarida to‘lovlarni amalga oshirsa bo‘ladi.

Bu smartfonlarda muhim lahzalarni fotosuratga muhrlab qo‘yish uchun, modeldan kelib chiqqan holda 16 megapikselgacha sifatli asosiy va old kameralar mavjud. Ulardagi Light+ sensori esa, hatto yaxshi yoritilmagan sharoitlarda ham aniq fokus olishni ta’minlaydi. Selfi tushirish qulayligi uchun yana bir imkoniyat qo‘shilgan – suratga olish tugmachasini ekranning istalgan joyiga ko‘chirish mumkin, bunda displeyning o‘zi fotochaqnoq vazifasini o‘taydi. Kamera sozlamalariga o‘tish yoki kerakli filtrni tanlash uchun esa ekranni pastdan tepaga silash kifoya.

Quyidagi jadvalda Galaxy A3, A5 va A7 (2017) modellarining texnik xususiyatlari keltirilgan:

 Modellar A7 (2017) A5 (2017) A3 (2017)
Dizayn 2,5D + 3D-shisha

+ metall rom

2.5D + 3D-shisha

+ metall rom

2.5D + 3D-shisha

+ metall rom

Ekran 5,7” Full HD sAMOLED 5,2» Full HD sAMOLED 4,7» HD sAMOLED
Kamera As.: 16 Mp PDAF (F1,9) As.: 16 Mp PDAF (F1,9) As.: 13 Mp AF (F1,9)
Old: 16 Mp FF (F1,9) Old: 16 Mp FF (F1,9) Old: 8 Mp FF (F1,9)
Protsessor Exynos 7880

(Octa A53 1,9 GGs)

Exynos 7880

(Octa A53 1,9 GGs)

Joshua

(Octa A53 1,6 GGs)

IP68 Mavjud Mavjud Mavjud
Tarmoq LTE Cat. 6 LTE Cat. 6 LTE Cat. 6
Xotira 3 GB + 32 GB

microSD (256 GBgacha)

3 GB + 32 GB

microSD (256 GBgacha)

2 GB + 16 GB

microSD (256 GBgacha)

Akkumulyator 3 600 mA/s

Tezkor quvvatlash bor

3 000 mA/s

Tezkor quvvatlash bor

2 350 mA/s

Tezkor quvvatlash yo‘q

O‘lchamlar 156,8 x 77,6 x 7,9 mm 146,1 x 71,4 x 7,9 mm 135,4 x 66,2 x 7,9 mm
Qo‘shimcha USB Type-C

Barmoq izi skaneri

MST/NFC

USB Type-C

Barmoq izi skaneri

MST/NFC

USB Type-C

Barmoq izi skaneri

MST/NFC

Samsung’ning bu va boshqa smartfonlari uchun servis kodlari hamda tugmachalar kombinatsiyalari bilan mana bu maqolamizda tanishing. Ularga poytaxtimizda belgilanayotgan narxlar esa saytimizning tegishli bo‘limidagi xabarlarida berib borilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!