2017 yilgi eng ommabop videolar: taycha raqs, labini qimirlatmay gapiruvchi qizcha va Tramp inauguratsiyasiga parodiya!

  •   DiMaX
  •  1710
  •  06.12.2017 19:54

2017 yilgi eng ommabop videolar: taycha raqs, labini qimirlatmay gapiruvchi qizcha va Tramp inauguratsiyasiga parodiya!

Mashhur YouTube videoxostingi yakuniga yetayotgan 2017 yilning eng ko‘p ko‘rilgan lavhalar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda The Verge nashri xabar bergan.

Google’ga qarashli mazkur videoservis an’anaviy tarzda ikkita reyting e’lon qiladi, ular tomosha qilishlar soni va vaqtiga, ulashishlar, izohlar va «layk»lar soniga asosan tuziladi.

O‘QING: YouTube’ni qulayroq qiluvchi qo‘shimchalar

Top Trending deb nomlanuvchi birinchi reyting 2017 yil davomida eng ommabop videolavhalar o‘nligidan iborat. Mazkur o‘nta videoni jami 633 million marta tomosha qilishgan, ularni ko‘rishga umumiy holda 40 million soatdan oshiq vaqt sarflashgan. Reyting g‘olibi The Mask Singer 2 deb ataluvchi Tailand musiqiy shousining lavhasi bo‘lgan. Uning asosiy o‘ziga xosligi – ishtirokchilar turli g‘aroyib niqoblar va liboslardan foydalanishganidir. Shuningdek, kuchli o‘nlikka Americaʼs Got Talent shousida chiqqan – lablarini qimirlatmasdan gapira oladigan 12 yoshli qizchaning videosi hamda Bad Lip Reading kanali tomonidan joylangan rolik – AQSh prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasiga ishlangan parodiya ham kirgan.

O‘QING: Qanday qilib Android qurilmaga YouTube videolarini yuklab olish mumkin?

Xullas, 2017 yilda YouTube’da eng ko‘p ko‘rilgan videoroliklar o‘nligi quyidagicha:

  1. Until We Will Become Dust – Oyster Masked (ตราบธุลีดิน – หน้ากากหอยนางรม) | THE MASK SINGER 2
  2. ED SHEERAN – Shape Of You | Kyle Hanagami Choreography
  3. Ping Pong Trick Shots 3 | Dude Perfect
  4. Darci Lynne: 12-Year-Old Singing Ventriloquist Gets Golden Buzzer – America’s Got Talent 2017
  5. Ed Sheeran Carpool Karaoke
  6. Lady Gaga’s FULL Pepsi Zero Sugar Super Bowl LI Halftime Show | NFL
  7. «INAUGURATION DAY» — A Bad Lip Reading of Donald Trump’s Inauguration
  8. history of the entire world, i guess
  9. In a Heartbeat – Animated Short Film
  10. Children interrupt BBC News interview – BBC News

YouTube’ning ikkinchi reytingi esa musiqiy roliklarga bag‘ishlangan. Tabiiyki, unda asosan videokliplar o‘rin olgan bo‘ladi. Joriy yildagi natijalarga qaraganda, puerto-rikalik musiqachi Luis Fonsining «Despacito» qo‘shig‘iga ishlagan klipi eng ko‘p ko‘rilgan.

O‘QING: O‘zbekistonlik xonandalar o‘z klipini YouTube’ga joylashtirish uchun endi «O‘zbekkonsert»dan ruxsat olishi kerak

Demak, YouTube’da joriy yilda eng ko‘p tomosha qilingan musiqiy videolar ro‘yxati bilan tanishamiz:

  1. Luis Fonsi – Despacito ft. Daddy Yankee
  2. Ed Sheeran – Shape of You [Official Video]
  3. J Balvin, Willy William – Mi Gente (Official Video)
  4. Maluma – Felices los 4 (Official Video)
  5. Bruno Mars – That’s What I Like [Official Video]
  6. Chris Jeday – Ahora Dice (Official Video) ft. J. Balvin, Ozuna, Arcángel
  7. El Amante – Nicky Jam (Video Oficial) (Álbum Fénix)
  8. Jason Derulo – Swalla (feat. Nicki Minaj & Ty Dolla $ign) (Official Music Video)
  9. DJ Khaled – I’m the One ft. Justin Bieber, Quavo, Chance the Rapper, Lil Wayne
  10. Enrique Iglesias – SUBEME LA RADIO (Official Video) ft. Descemer Bueno, Zion & Lennox

O‘QING: YouTubeMP3 Converter – YouTube’dagi roliklarning ovozini saqlab olish servisi