2018 yilda IBM 200 petaflops quvvatga ega superkompyuter ishlab chiqaradi

2018 yilda IBM 200 petaflops quvvatga ega superkompyuter ishlab chiqaradi

O‘tgan oyda Xitoyda TaihuLight nomli dunyodagi eng kuchli kompyuter ishlab chiqarilgan edi. Uning quvvati 93 petaflopsni tashkil etadi, deb yozadi hi-news.ru sayti.

Shu kunlarda esa Oak Rij (AQSh)dagi Energiya departamentining Milliy laboratoriyasi IBM kompaniyasidan xitoynikidan kuchliroq bo‘lgan superkompyuterlar olishi ma’lum bo‘ldi. Bunday kompyuterlarni yetkazib berish 2018 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, uning samaradorligi 200 petaflops deb baholanmoqda.

NVIDIAning Volta grafik chipi bilan yangi Summit superkompyuterida hisoblash tezligining samaradorligi oshadi. OpenPOWER texnologiyasi esa protsessorlararo ma’lumotlar almashish tezligi va sifatini yuqori darajaga olib chiqadi.

Energiya departamenti amerika superkompyuterlarining katta qismini boshqaradi, ilmiy tadqiqoqtlar uchun foydalanadi. Shu bois, tashkilot doimiy ravishda texnologiyalarni kuchaytirib boradi va 2018 yilda yana ikkita ana shunday super quvvatli texnikaga ega bo‘lmoqchi.

Ulardan yana biri Sierra deb nomlanadi va quvvati 150 petaflopsga yaqin. U Livermor milliy laboratoriyasiga o‘rnatiladi. Bunday super qurilmalar 2018 yilning o‘rtalarida yoqilishi va ishga tushirilishi kutilmoqda.

Superkompyuter Aurora esa 2018 yilning yakunida Argonna milliy laboratoriyasiga o‘rnatiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!