2018 yil smartfonlar bozorida Android telefonlar iPhone'ni “sindirdi”!

2018 yil smartfonlar bozorida Android telefonlar iPhone'ni “sindirdi”!

IDC (Xalqaro ma’lumotlar tashkiloti) ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda smartfonlar yetkazib berish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3 foizga kamaygan. Shuningdek, Android operatsion tizimli smartfonlar iOS  operatsion tizimli smarfonlarga qaraganda, ya’ni iPhone, ko‘p sotilgan. Agar buni bozor taqsimotida ko‘radigan bo‘lsak, bunda Android’ning ulishi 85 foizni tashkil etadi. Bozorning qolgan qismini deyarli iOS egallagan.

IDC tahlilchilarining aytishicha, davom etayotgan AQSh va Xitoy savdo tortishuvi soha rivojini murakkablashishiga olib kelmoqda. Kelgusi yillarda 5G texnologiyasi imkoniyati kengayishi va yangi turdagi smartfonlar bozorini o‘sishiga olib keladi. Shunday qilib, bu o‘sish 2022 yilgacha davom etishi aytilmoqda.

O‘QING: Apple’ga ikkinchi zarba: yana bir mamlakatda iPhone savdosi taqiqlandi!

Agar aniq raqamlarga murojaat qilsak, smartfonlar bozorida joriy yilda 1,42 milliard dona smartfonlar yetkazib berish rejalashtirilgan.

2017 yilda esa bo‘ ko‘rsatkich 1,47 milliard donani tashkil etadi.

Ko‘rib turganingizdek, 2017 yilga nisbatan bu yil 0,3 foizga kamaygan.

Картинки по запросу smartphones

IDC mutaxassilarining fikriga ko‘ra,  2019 yilda smartfonlar yetkazib berish 2,6 foizga oshishi va 2022 yilga kelib, 1,57 milliard donani tashkil etishi kutilmoqda. Smartfon mutaxassislari-ekspertlar katta ekranli qurilmalarning ommalashishini taxmin qilmoqdalar. Joriy yilda 5,5 duyum yoki undan katta ekranli modellar 947,1 mln. dona sotilgan. Bu esa bozorning 66,7 foizini tashkil etgan. 2017 yilda 623,3 mln. dona katta ekranli mahsulot ishlab chiqarildi va bu bozorning 42,5 foizini tashkil etgan edi. 2022 yilga kelib katta ekranli smartfonlarni yetkazib berish 1,38 mlrd. donaga yetadi, bu umumiy taklifning 87,7 foizini tashkil etadi. Ma’lumot o‘rnida yana shuni aytib o‘tish kerakki, Android smartfonlar deyilganda barcha shu operatsion tizimda ishlaydigan smartfonlar (Samsung, Xiomi, Huawei, Honor, Meizu va boshqalari) nazarda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 2 199 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda jami 37 nomdagi iPhone’dan birini sotib olish, shuningdek, bahosi 599 000 so‘mdan boshlangan, jami 115 xil Android-smartfon orasidan istaganingizni xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: 2018 yilning eng yaxshi beshta smartfoni (Fortune versiyasi) 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.