2018 yil so‘ngida eng ommalashgan PlayStation o‘yinlari reytingi bilan tanishing

  •   DiMaX
  •  2755
  •  11.01.2019 11:27

2018 yil so‘ngida eng ommalashgan PlayStation o‘yinlari reytingi bilan tanishing

Sony kompaniyasi 2018 yilning dekabrida PlayStation o‘yin pristavkalariga eng ko‘p yuklangan o‘yinlarni o‘zining rasmiy blogida e’lon qildi. Unda bir necha toifalar bo‘yicha o‘yinlarning reytingi taqdim etilgan.

O‘QING: Steam Awards: 2018 yilning eng zo‘r o‘yinlari (Valve versiyasi)

Aytish kerakki, pulli o‘yinlar reytingida yetakchi PlayerUnknown's Battlegrounds bo‘ldi, shartli bepullari orasida esa – Fortnite: Battle Royale. Virtual reallik o‘yinlaridan Beat Sabe eng ko‘p yuklab olingan, PS Vita egalari God of War: Collection PS Vita o‘yiniga ko‘proq qiziqishgan. PS Classics konsollariga Destroy All Humans! 2 o‘yini ko‘p yuklangan.

Mana, pulli o‘yinlarning top-o‘ntaligi:

  1. PlayerUnknown’s Battlegrounds
  2. Call of Duty: Black Ops 4
  3. Grand Theft Auto V
  4. Red Dead Redemption 2
  5. Battlefield V
  6. FIFA 19
  7. Mortal Kombat XL
  8. Marvel’s Spider-Man
  9. NBA 2K19
  10. Madden NFL 19

Shartli bepul o‘yinlar top-o‘ntaligi esa quyidagicha:

  1. Fortnite Battle Royale
  2. Warface
  3. H1Z1: Battle Royale
  4. Warframe
  5. Brawlhalla
  6. Paladins
  7. DC Universe Online Free-to-Play
  8. 3on3 FreeStyle
  9. Smite
  10. Crossout

Xo‘sh, siz bulardan qaysilarini o‘ynab turasiz?

O‘QING: PlayStation Classic kutilmaganda butun dunyoda 40 foizgacha arzonlashdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!