2018 yilda eng ommalashgan o‘yin va ilovalar: foydalanuvchilar ularga 76 milliard dollar sarflashgan!

  •   DiMaX
  •  2139
  •  21.12.2018 13:36

2018 yilda eng ommalashgan o‘yin va ilovalar: foydalanuvchilar ularga 76 milliard dollar sarflashgan!

App Annie tahlil kompaniyasi 2018 yil yakunlarini hisoblab ma’lum qilishicha, mobil o‘yinlar va ilovalar bozori ham yuklab olishlar, ham sarflanayotgan mablag‘ jihatidan o‘sib borayotir. Ularning iOS va Android platformalaridagi jami yuklashlar soni 113 milliarddan oshiq bo‘lgan, bu esa o‘tgan yilgiga nisbatan 10 foizga ortiq.

O‘QING: The Game Awards 2018: o‘yinlar olamida yilning eng zo‘rlari taqdirlandi

App Annie’ga ko‘ra, foydalanuvchilar ushbu o‘yin va ilovalarga jami 76 milliard dollardan oshiq mablag‘ sarflashgan. Bu hali faqatgina rasmiy ilovalar kataloglariga oid ma’lumot – Xitoy ilovalar do‘konlari bu hisobga kiritilmagan. Shunda ham o‘tgan yilgiga nisbatan 20 foizga oshiq mablag‘ sarflangan.

Kompaniya hisob-kitoblariga qaraganda, 2018 yilda o‘rtacha smartfon foydalanuvchisi kuniga uch soat vaqtini mobil ilovalarga bag‘ishlagan. Bu ko‘rsatkich 2017 yildagiga nisbatan 10 foizga, 2016 yilgiga qaraganda esa naq 20 foizga ko‘pdir.

O‘QING: 2018 yilning eng zo‘r o‘yin, ilova, kitob, film va seriallarini Google e’lon qildi

Mana, 2018 yilda har ikkala operatsion tizimdagi umumiy yuklashlar soni bo‘yicha o‘yinlar va ilovalar top-o‘ntaligi:

App Annie hisobotiga qaraganda, bu yil har ikkala platforma ilovalar kataloglaridan eng ko‘p yuklangan ilova Facebook Messenger ekan. Ham iOS, ham Android-gadjetlar egalari eng ko‘p yuklab olgan o‘yin esa Helix Jump bo‘lib chiqdi.

O‘QING: WhatsApp va Messenger’ning asosiy raqibini Sukerberg tan oldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!