2018 yilgi bu ayfon tezkorlik testida iPhone 11 va hatto iPhone 12’ni ham yengdi! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  983
  •  07.05.2021 18:08

2018 yilgi bu ayfon tezkorlik testida iPhone 11 va hatto iPhone 12’ni ham yengdi! («jonli» video)

Joriy yilning birinchi kvartali holatiga ko‘ra, kupertinoliklar AQShda sotgan smartfonlarning 61 foizi yangi – iPhone 12 oilasiga tegishli (standart flagmandan tashqari iPhone 12 Pro hamda iPhone 12 Pro Max versiyalari) ekan. Lekin eng xaridorgir ayfon modeli baribir boshqa – 2019 yilda namoyish etilgan iPhone 11 bo‘lib chiqqan!

O‘QING: 2021 yil boshida butun jahonda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon

Biroq bularning barchasidan oldin chiqqan yana bir ayfon hozirda ulardan ham tezkorroq bo‘lib chiqqaniga ishonasizmi? Ishonmasangiz, mana – o‘zingiz ko‘raqoling: iPhone XR smartfoni samaradorlik testida nafaqat iPhone 11, balki eng yangi iPhone 12 modelidan ham o‘zib ketgan!

Buning siri shundaki, Apple yaqinda smartfonlar uchun yangi – iOS 14.5.1 talqinidagi operatsion tizimni tarqatgan. Ushbu apdeytdan so‘ng iPhone 11 hamda iPhone 12 modellarining samaradorligi sezilarli darajada pasaygan, iPhone XR modeliga esa u salbiy ta’sir etmagan. Ishlab chiqaruvchi o‘zining yangi smartfonlaridagi ushbu kamchilikni navbatdagi yangilanish bilan bartaraf etsa kerak.

Yaqinda biz iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilayotgan Xitoy flagmanlari haqida ma’lumot bergan edik. Shuningdek, ayfon egalarini Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab ham siz uchun qiziq bo‘lsa kerak.

O‘QING: Eski rusumdagi ayfonni atigi 2 dollarga iPhone 12’ga «aylantirish» yo‘li topildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!