2018 yilgi Shnobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi

  •   Saroy
  •  1332
  •  14.09.2018 15:31

2018 yilgi Shnobel mukofoti laureatlari e’lon qilindi

Natijasi unchalik qadrlanmaydigan, foydasi shubha uyg‘otadigan ilmiy tadqiqotlarga beriladigan har yilgi Shnobel mukofotining 2018 yilgi sovrindorlarini taqdirlash marosimi Garvarddagi Sanders teatrida katta tantana bilan o‘tkazildi.

Mukofot bilan qariyb 10 ta jamoa taqdirlandi. Har bir nominatsiya bo‘yicha mukofot puli 10 trillion zimbabve dollarini tashkil etdi.

Britaniyadagi Brayton Universitetining Jeyms Koul rahbarligidagi olimlar jamoasi “Ovqatlanish” nominatsiyasi bo‘yicha  g‘olib deb topildi. Ushbu jamoa paleolit davridagi odamxo‘rlik bo‘yicha tadqiqot olib birishgan. Olimlarning tadqiqotlari natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘sha davrdagi odam go‘shti Hozirda yashayotgan odamlarning go‘shtiga qaraganda to‘yimli bo‘lmagan ekan, qolaversa vitaminlarga ham boy emas ekan.

Uch nafar tadqiqotchi kimyo sohasida beriladigan mukofotga loyiq ko‘rildi. Olimlar inson tupugi ustki kirni a’lo darajada  tozalashini isbotlashdi. Shvetsiya qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi olimlari esa “Biologiya” sohasidagi mukofotni ilib ketishdi. Shvetsiyalik olimlar odamlar yuzasida pashsha suzib yurgan vinoning ta’mini hech bir qiyinchiliklarsiz aniqlay olishini isbotladilar, bunday vinolar achchiq nimshirin bo‘lar ekan.

«Tibbiy ta’lim» yo‘nalishida mukofot o‘tirgan holda kolonoskopiya o‘tkazish bo‘yicha maqola yozgan yaponiyalik tadqiqotchi Akira Xoriuchiga tegdi. «Reproduktiv tibbiyot» nominatsiyasi g‘oliblari uyqu paytida psixogenli impotensiyadan aziyat chekayotgan odam organik impotensiyadan aziyat chekayotgan odamga qaraganda yaxshiroq ereksiyaga ega bo‘lishini aniqlashgan.

Michigan Universiteti olimlari  “Tibbiyot” sohasida birinchilikni qo‘lga kiritdi. Ular buyrakdagi toshni Amerika gorkilarida uchish yo‘li bilan tushirish mumkinligini o‘rgangan.   Ma’lum bo‘lishicha, bu 70 foiz holatlarda yordam berar ekan, deb yozadi REN TV.

Antropologiya sohasida mukofot bu gal ham  shvetsiyalik olimlarga tegdi. Ular tadqiqot olib borgan ish shuki, insonlar shimpanzening yurishini o‘xshatishga ko‘p urinadimi yoki shimpanze odamlarning yurishini o‘xshatishga ko‘p harakat qiladimi, degan savolga javob topish bo‘ldi. Tadqiqot natija shu bo‘ldiki, insonlar shimpanzening yurishini o‘xshatishga ko‘p urinishar ekan.

Kanadalik olimlar iqtisodiyot sohasida bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. Ularning himoya qilgan mavzusi ishchilarning boshlik ko‘rinishidagi qo‘g‘irchoq ustidan haqorat qilib kuliishi haqida blgan.  Ma’lum bo‘lishicha, boshlig‘ining ustidan kulish ishchilarda yuqori darajada qoniqish hosil qilib, adolatni qaror toptirish hissini mustahkamlar ekan.

«Tinchlik uchun» degan nominatsiya ham bor. Bu borada birinchilik yo‘l harakati ishtirokchilarining o‘zaro so‘kinishlarini o‘rgangan olimlar guruhiga berildi. Ma’lum bo‘lishicha, rulda o‘zini g‘azabkor tutish insonning shaxsiy o‘ziga xosligi, shuningdek stress darajasi va charchog‘iga bog‘liq bo‘lar ekan. Tadqiqot Ispaniya yo‘llarida olib borilgan, deb yozadi «Gazeta.ru».

Tei Blekler rahbarligidagi olimlar jamoasi esa nega erkaklar yo‘riqnomani ayollarga qaraganda ko‘p o‘rganishadi, yoshlar esa yo‘riqnomadan umuman foydalanmaydi  degan savolga javob topdilar. Bu ularga “Adabiyot” nominatsiyasi bo‘yicha mukofotga loyiq ko‘rilishiga sabab bo‘ldi.

Shnobel mukofoti  28 marotaba o‘tkazildi. U fanda eng g‘aroyib natijalarga erishgan kishilarga beriladi. Natija avval boshda odamning kulgusini qistaydi, keyin o‘yga toldiradi. 2017 yilda eng yoqimli tadqiqot fransuz olimi tomonidan olib borilganligi ma’lum bo‘lgandi. U mushuklar aslida suyuqlik ekanini isbotlagan edi.