2018 yili Apple o‘z rahbariga 15 million dollardan oshiq, ayrim xodimlariga esa undan ham ko‘p to‘lagan!

  •   DiMaX
  •  887
  •  10.01.2019 10:15

2018 yili Apple o‘z rahbariga 15 million dollardan oshiq, ayrim xodimlariga esa undan ham ko‘p to‘lagan!

Apple kompaniyasi oriy haftada AQSh qimmatli qog‘ozlar komissiyasi – SEC tashkilotiga ayrim hisobot ma’lumotlarini taqdim etdi. Unda korporatsiyaning top-menejerlari, shu jumladan ijrochi direktori Tim Kuk mehnatiga qancham haq to‘lagani ham qayd etilgan.

O‘QING: Dasturchilarning maoshi qancha?

Ushbu rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2018 yili Tim Kuk kompaniya rahbari sifatida jami 15,68 million dollar daromad olgan. Oldingi yili esa uning ish haqi 12,83 million dollarga terng bo‘lgan.

Apple rahbarining ushbu daromadi o‘z ichiga 3 million dollarlik maoshni, shuningdek, deyarli 12,5 million dollarlik bonuslarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, ish yuzasidan o‘z shaxsiy samolyotida uchganligi uchun Tim Kukka kompensatsiya tarzida 300 ming dollar to‘langan. Kompaniya rahbarining qo‘riqloviga ham yana shuncha mablag‘ sarflangan.

Shunisi ham borki, Apple xodimlarining 2018 yildagi o‘rtacha ish haqi «atigi» 55,4 ming dollarni tashkil etgan. Shunday bo‘lsa-da, kupertinolik korporatsiyadan eng ko‘p haq olgan Tim Kuk emas ekan! Kompaniyaning moliyaviy direktori Luka Maestri (Luca Maestri), operatsion direktori Jeff Uilyams (Jeff Williams) va yana bir qancha top-menejerlarning har biri  26 million dollardan oshiq haq olishgan

O‘QING: Nega dasturchilar davlat ishlaridan qochishadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!