2018 yilning eng, eng, eng... smartfonlari (JerryRigEverything videotalqini)

  •   DiMaX
  •  1726
  •  04.01.2019 16:04

2018 yilning eng, eng, eng... smartfonlari (JerryRigEverything videotalqini)

O‘tgan yili ko‘plab smartfonsozlar turli mobil qurilmalarini taqdim etishdi. «Gadjetlarni qiynovchi» eng mashhur vlogerlardan biri – Zak Nelson (Zach Nelson) esa ularning ayrimlarini sinab va ochib ko‘rib, videolarini JerryRigEverything kanalida e’lon qilgan.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: Xiaomi’ning eng qimmat flagmanini bukib, tirnab, yondirib sinab ko‘rishdi!

Zak Nelson o‘zining YouTube-kanalidagi navbatdagi videolavhasini 2018 yilda taqdim etilgan smartfonlarni umumiy baholashga bag‘ishlagan. Videobloger ular orasidan turli toifalar bo‘yicha eng yaxshilarini va yomonlarini aytib o‘tgan.

Mana, uning videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

JerryRigEverything xulosalariga keladigan bo‘lsak, o‘tgan yilning eng innovatsion smartfoni sifatida u Vivo Nex S Clear Edition modelini e’tirof etgan.

O‘QING: Vivo NEX Dual Display taqdim etildi: ikkita AMOLED-ekran, Snapdragon 845 chipi, 10 GB «operativka» va uch o‘lchamli kamera!

Zak Nelson boshqa nominatsiyalar bo‘yicha quyidagi smartfonlarni sanab o‘tgan (ularning nomiga joylangan havola orqali o‘tib, devaysning xususiyatlari bilan batafsil tanishish imkoni bor):

Ichki tomoni eng chiroyli uchta smartfon:

  1. Pixel 3 Transparent Edition
  2. Razer Phone 2
  3. LG G7

Eng mustahkam hamyonbop smartfonlar:

  1. Nokia 7 Plus
  2. Xiaomi Pocophone F1

Eng mo‘rt mobil qurilmalar:

  1. Oppo Find X
  2. Huawei Mate 20 Pro
  3. iPad Pro

JerryRigEverything kanali muallifi 2018 yilning eng mustahkam smartfoni sifatida Kyocera Duraforce Pro 2 modelini tan olgan.

O‘QING: 2019 yil boshidagi eng kuchli o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi): uloqni endi yana bir xitoylik ilib ketdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.