2018 yilning eng yaxshi beshta smartfoni (Fortune versiyasi)

  •   DiMaX
  •  4564
  •  24.12.2018 12:41

2018 yilning eng yaxshi beshta smartfoni (Fortune versiyasi)

Amerikaning taniqli tadbirkorlar jurnali – Fortune nashri yakuniga yetayotgan yilning eng yaxshi smartfonlarini e’lon qildi. Aytish kerakki, 2012 yildan buyon ushbu ro‘yxatda Samsung va Apple yetakchilik qilib kelayotir.

O‘QING: AnTuTu reytingi: 2018 yil dekabrgacha eng zo‘r Android-smartfonlar!

Ammo kuchlilar beshligida xitoylik smartfonsozlarning faolligiga qaraganda, yaqin yillarda ular kupertinolik va janubiy koreyalik raqiblarni quvib o‘tishsa kerak.

Xullasi kalom, Fortune versiyasiga ko‘ra, 2018 yilning eng yaxshi smartfonlari va buning sabablari quyidagicha:

  1. Apple iPhone XS Max – apparat qismi va sifatli dasturiy ta’minoti uchun. (Sotib olish)
  2. Google Pixel 3 – fotosurat sifati uchun.
  3. Huawei Mate 20 Pro – a’lo darajadagi fotoimkoniyatlari, avtonomligi va «sun’iy ong» tizimi uchun.
  4. OnePlus 6T – samaradorlik va narx jihatdan a’lo darajadagi mutanosibligi, shuningdek, ekrandagi barmoq izining ishlash tezligi uchun.
  5. Samsung Galaxy Note 9 – Android olamidagi eng yaxshi flagman bo‘lgani uchun. (Sotib olish)

Ta’kidlab o‘tish kerakki, bu – Fortune nashrining fikri, lekin ayrim benchmarklar bunga qo‘shilmaydi...

O‘QING: AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.