2019 yil boshidagi AnTuTu reytingi: iPad Pro 2018 katta farq bilan oldinda!
Kuni kecha mashhur AnTuTu servisi Android tizimli smartfonlarning samaradorlik reytingini e’lon qilgan edi. Mazkur benchmark jamoasi endi iOS operatsion tizimli qurilmalarning 2018 yil dekabrdagi natijalari bo‘yicha reytingini ham ma’lum qildi.
Yangi reytingda kupertinoliklarning 2018 yili taqdim etilgan ikkita – 11 hamda 12,9 dyuymlik planshetlari juda yuqori natija ko‘rsatdi. iPad Pro 2018 modellarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari 555 ming balldan oshib ketgan.
2018 yil kuzda taqdim etilgan iPhone XS hamda iPhone XS Max smartfonlari esa tegishlicha uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni olishgan. Ularning o‘rtacha natijasi 355 ming ochkodan oshgan. Beshinchi pog‘onadagi iPhone XR ko‘rsatkichlari ham katta «og‘a»larinikidan uncha katta farq qilmaydi.
Keyingi ikkita o‘rinni 10 dyuymlik iPad Pro hamda ikkinchi avlod 12,9 dyuymlik iPad Pro band etgan. Kuchli o‘ntalikni 2017 yilgi smartfonlar – iPhone X, iPhone 8 Plus va iPhone 8 yakunlab bergan.
O‘QING: AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?