2019 yil boshidagi eng kuchli o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi): uloqni endi yana bir xitoylik ilib ketdi!

  •   DiMaX
  •  3546
  •  02.01.2019 19:29

2019 yil boshidagi eng kuchli o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi): uloqni endi yana bir xitoylik ilib ketdi!

Turli mobil aloqa vositalarining samaradorligini benchmarklar baholab berishidan xabaringiz bor. Bundan tashqari, AnTuTu servisi kuchli smartfonlarning har oylik reytingini ham taqdim etib boradi.

O‘QING: AnTuTu reytingi: 2018 yil dekabrgacha eng zo‘r Android-smartfonlar!

An’anaga muvofiq, AnTuTu dasturchilari 2018 yilning so‘nggi oyi oxirigacha bozorga taqdim etilgan Android-smartfonlarning samaradorlik reytingini e’lon qilishdi. Buni qarangki, unda ZTE korporatsiyasining sho‘’ba korxonasi taqdim qilgan Nubia Red Magic Mars o‘yinbop smartfoni birinchi o‘rinni zabt etdi. Snapdragon 845 chipli mazkur geymerofon benchmarkda 320 464 ball bilan rekord o‘rnatdi!

O‘QING: AnTuTu reytingi: eng ommalashgan Android-smartfonlar va ayrimlarining Terashop.uz’dagi narxlari

O‘tgan galgi ro‘yxatda eng yuksak to‘rtta o‘rinni birovga bermagan Huawei korporatsiyasining smartfonlari bu gal ham yuqori pog‘onalarda turishibdi. Dekabrdagi lider – Mate 20 modeli 309 130 ball olib, ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, uning ortidan Honor V20 (305 525 ball), Mate 20X (304 096 ball), Mate 20 Pro (302 872 ball) hamda Honor Magic 2 (300 978 ball) rusumli gadjetlar kelmoqda.

Ko‘rib turganingizdek, TOP-o‘ntalikka yana Xiaomi Black Shark Helo (300 211 ball), OnePlus 6T (296 278 ball), Xiaomi Black Shark (294 193 ball) hamda Nubia X (294 032 ball) modellari ham kirgan.

O‘QING: AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?

Aytib o‘tish kerakki, yuqoridagi top-o‘ntalikka kirgan eng kuchli smartfonlar orasidan bitta modeldagisi (global proshivkali varianti!) bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda mavjud. Ya’ni, qora korpusli, 6/64 GB xotirali Xiaomi Black Shark modelini 3 849 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin.

Bundan tashqari, reytingdagi eng ko‘p – naq beshta o‘rinni band etgan xitoylik yetakchi smartfonsozning turli modellardagi telefonlari ham onlayn savdoga qo‘yilgan.

O‘QING: Terashop.uz’da Huawei smartfonlari narxlari (2018 yil 24 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!