2019 yilgi ayfon hatto iPhone 12’lardan ham zo‘r sotilyapti! (2021 yil 1-chorak)

  •   DiMaX
  •  1074
  •  24.04.2021 13:34

2019 yilgi ayfon hatto iPhone 12’lardan ham zo‘r sotilyapti! (2021 yil 1-chorak)

Counterpoint Research tadqiqot firmasi reytingiga ko‘ra, 2021 yilning birinchi oyida butun dunyoda eng ko‘p sotilgan telefon – standart talqindagi iPhone 12 ekan. Kuchli uchlikka yana uning ikkita sherigi – iPhone 12 Pro Max hamda iPhone 12 Pro modellari kirgan.

O‘QING: Eski rusumdagi ayfonni atigi 2 dollarga iPhone 12’ga «aylantirish» yo‘li topildi!

Consumer Intelligence Research Partners tahlil kompaniyasi esa joriy yilning birinchi kvartali holatiga ko‘ra AQSh bozorida ayfonlar savdosiga doir ma’lumotlarni e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, bu davrda Apple sotgan smartfonlarning 61 foizi yangi – iPhone 12 oilasiga tegishli ekan.

Shunga qaramasdan, eng xaridorgir ayfon baribir boshqa – 2019 yilda namoyish etilgan iPhone 11 bo‘lib chiqqan! Kuchli uchlikka yana bazaviy iPhone 12 hamda uning Pro Max versiyalari ham kirgan. iPhone 12 Pro ulardan sezilarli darajada kam sotilgan, iPhone SE (2020) va ayniqsa iPhone 12 mini savdolari yanada sust ketgan.

Tadqiqot mualliflari iPhone 12 Pro Max sotuvlarida 2020 yilning so‘nggi choragiga nisbatan sezilarli o‘sish bo‘lganini ta’kidlashmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri esa uning «ajdod»i – iPhone 11 Pro Max modelining savdodan olib tashlanganidir.

Darvoqe, yaqinda biz iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilayotgan Xitoy flagmanlari haqida ma’lumot bergan edik. Shuningdek, ayfon egalarini Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab ham siz uchun qiziq bo‘lsa kerak.

O‘QING: Qaysi smartfonlardan o‘z egalari rostakamiga rozi? (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)