2019 yilgi eng zo‘r Android-o‘yinlar: Google reytingi chiqdi

  •   DiMaX
  •  24186
  •  04.12.2019 14:53

2019 yilgi eng zo‘r Android-o‘yinlar: Google reytingi chiqdi

Google kompaniyasi Android-qurilmalar uchun yakuniga yetayotgan yildagi eng yaxshi ilovalar ro‘yxatini e’lon qilgandi. Shu bilan birga, u Google Play Market’dagi eng zo‘r o‘yinlarni ham e’tirof etgan.

O‘QING: iPhone, iPad va boshqa Apple devayslari uchun 2019 yilning eng zo‘r ilova hamda o‘yinlari

Quyida eng yaxshilari sifatida keltirilgan har bir o‘yinning nomiga havola o‘rnatilgan – uning ustiga bossangiz, yuklab olish sahifasiga o‘tasiz.

Shunday qilib, Google’ga ko‘ra, bu yilgi barcha yangi o‘yinlar orasida eng zo‘ri Call of Duty: Mobile ekan. Bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchi o‘ynashi mumkin bo‘lgan ushbu shuterning mobil versiyasi haqida ko‘p yozganmiz.

Qidiruv gigantidan tashqari, foydalanuvchilarning o‘zlari eng yaxshisi, deya e’tirof etgan o‘yin esa Brawl Stars loyihasidir. Shuningdek, Google Play katalogidagi boshqa ayrim o‘yinlar ham quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilari qatoriga kiritilgan:

Eng yaxshi indi-o‘yinlar:

Darvoqe, ko‘pchilikka notanish bo‘lgan «indi-o‘yin» atamasi haqida mana bu maqolamizda O‘QING: 2017 yilning eng ommabop va eng qiziqarli bepul Android-o‘yinlari

Eng yaxshi kazual o‘yinlar:

Eng zo‘r innovatsion o‘yinlar:

Xo‘sh, bu o‘yinlardan qaysilarini o‘ynagansiz? Hali sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz – hozir buning ayni mavridi!

O‘QING: Android-smartfonlar uchun internetsiz ishlovchi o‘nta bepul yangi o‘yin