2019-yilgi iPhone'larda USB-C quvvatlagich bo‘lishi yana ta’kidlanmoqda

2019-yilgi iPhone'larda USB-C quvvatlagich bo‘lishi yana ta’kidlanmoqda

Apple iPhone'lariga USB-C quvvatlash texnolgiyasini qachon o‘rnatishi haqida hozirga qadar o‘ta ko‘p mish-mish tarqalib kelgan. O‘tgan yili ham ushbu texnologiya iPhone XS va iPhone XR'larda joriy etilishi muvaffaqiyatsizlarcha taxmin qilingandi.

Endi esa va nihoyat iPhone 11 qadog‘ida tezkor quvvatlovchi USB-C adapteri bo‘lishi haqida yana bir xabar tarqaldi. Apple ilk iPhone'idan boshlab hozirgi smartfonlariga qadar 5 vattlik quvvatlash texnologiyasini o‘rnatib kelgan. 50 vattlik zaryadlash standartlari mavjud bo‘lgan hozirgi davrda bu o‘ta kulgili.

Yuqoridagi xabar Apple'ning yuqori darajadagi direktorlaridan biri bilan muloqotda bo‘lgan ismi oshkor qilinmagan shaxsdan olingan. Kompaniya vakili iPhone 11'da USB-C quvvatlagichi bo‘lishini tasdiqlagan.

Biroq iPhone'ning o‘zida USB-C porti bo‘lmay, buning o‘rniga adapter va kabel yangilangan USB-C Lightning tipda bo‘lishi ham mumkin. Ayni damda, iPhone'larni faqatgina kompaniyaning USB-C to Lightning kabeli va bunga mos USB Power Delivery adapterini sotib olish bilan tezkor quvvatlash mumkin.

Kompaniya iPhone xaridorlariga tez quvvatlovchi adapter qo‘shib berishni bir necha yillardan buyon ortga surib kelmoqda. Iste’mol tovarlari olamida USB-C ommalashib borar ekan, Apple ham yangi kabellar sotishga emas, balki o‘zgarishga moslashishga tayyor bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, iPhone 11 10-sentyabrda taqdim qilinishi rejalashtirilgan. Mish-mishlarga ko‘ra, avvaldan buyurtmalar 13-sentyabrdan boshlanishi, mahsulotning birinchi relizi 20-sentyabrda bo‘lishi, ikkinchi sotuv to‘lqini 27-sentyabrda bo‘lishi mumkin. iOS 13 ham 23-sentyabrda keng ommaga taqdim qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: Yangi iPhone'lar qanday nomlanishi aytildi. Shuningdek stilus...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!