2019 yili eng ko‘p sotilgan o‘yinlardan birini bepul payti butkul olib qo‘ying! (+video)

  •   DiMaX
  •  1683
  •  22.05.2020 09:46

2019 yili eng ko‘p sotilgan o‘yinlardan birini bepul payti butkul olib qo‘ying! (+video)

Epic Games do‘koni eng qiziqarli ekshen o‘yinlardan biri – Grand Theft Auto 5’ni naq bir hafta davomida tekinga tarqatdi! Endi esa u yerdan yana bir xit – Civilization VI o‘yinini bepul olish mumkin.

O‘QING: Ommabop rolli o‘yin – «Jodugar»ni bepul va butunlay olib qo‘ying!

Civilization VI – qadam-baqadam strategiya yo‘nalishidagi o‘yin bo‘lib, geymer unda o‘z sivilizatsiyasini quradi va rivojlantiradi. Unda o‘yin dunyosi bilan muloqotga kirishishning ko‘plab yangi usullari mavjud. Urush e’lon qilish, diplomatik muzokaralar olib borish, madaniyatni rivojlantirish, insoniyat tarixidagi eng buyuk yetakchilarni jangga chorlash mumkin. Xullas, koronavirus pandemiyasi tufayli izolyasiyada u bilan zerikib qolmaysiz.

Ushbu qiziqarli o‘yinni Epic Games Store desktop kliyenti orqali yoki do‘konning saytidan mana bu havola yordamida olish mumkin. Bunda login-parolingiz orqali akkauntingizga kirish (akkauntingiz bo‘lmasa – yaratib olish) hamda Civilization VI’ni o‘z kutubxonangizga qo‘shib qo‘yish kifoya.

Aytish kerakki, Steam do‘konida eng ko‘p sotilgan o‘yinlar reytingida Civilization VI ikkinchi o‘rinda turibdi. Uning bepul berilishi 28 maygacha davom etadi, shu paytda kutubxonaga qo‘shib qo‘ysangiz, o‘yin sizda doimiy bo‘lib qoladi – o‘rnatish va ishga tushirishni keyinroq qilsangiz ham bo‘laveradi.

O‘QING: Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!