2019 yili eng ko‘p sotilgan va eng ommalashgan o‘yinlar (Valve talqini)

  •   DiMaX
  •  7626
  •  30.12.2019 15:01

2019 yili eng ko‘p sotilgan va eng ommalashgan o‘yinlar (Valve talqini)

Valve rasmiy blogida Steam o‘yinlar do‘koni bo‘yicha 2019 yil yakunlari e’lon qilindi. Kompaniya biror yo‘nalish bo‘yicha aniq reytingni bermasdan, faqat muayyan ro‘yxatlarni taqdim etgan.

O‘QING: O‘zbekistonlik 5 muvaffaqiyatli kibersportchi

Eng ko‘p sotilgan o‘yinlar

Ushbu ro‘yxatda Steam platformasida eng katta daromad keltirgan o‘yinlar keltirilgan. Uni tuzishda har bir o‘yinning o‘zi sotilishidan, shuningdek, uning ichidagi mikrotranzaksiyalar va to‘ldirishlardan tushgan mablag‘lar ham hisobga olingan:

  1. Rainbow Six Siege
  2. Sid Meier's Civilization VI
  3. The Elder Scrolls Online
  4. Counter-Strike: Global Offensive
  5. Monster Hunter: World
  6. Total War: Three Kingdoms
  7. GTA V
  8. Dota 2
  9. PlayerUnknown's Battlegrounds
  10. Warframe
  11. Sekiro: Shadows Die Twice
  12. Destiny 2

Eng yaxshi boshlanish

Bu ro‘yxatdagi o‘yinlar esa 2019 yilda taqdim etilgan va savdoning dastlabki ikki haftasida eng katta daromad keltirganlaridir:

  1. Halo: The Master Chief Collection
  2. Code Vein
  3. Mordhau
  4. Sekiro: Shadows Die Twice
  5. Devil May Cry 5
  6. Red Dead Redemption 2
  7. Planet Zoo
  8. Resident Evil 2 Remake
  9. Remnant: From the Ashes
  10. Total War: Three Kingdoms
  11. Destiny 2
  12. Star Wars Jedi: Fallen Order

Eng ommabop o‘yinlar

Valve bir vaqtning o‘zida 15 000 nafardan ortiq geymer o‘ynagan o‘yinlarni ushbu ro‘yxatda aks ettirgan. Uni tazishda bepul foydalanish taqdim etilgan dam olish kunlaridagi va boshqa bepul vaqtlardagi kirishlar hisobga olinmagan.

  1. Warframe
  2. Rainbow Six Siege
  3. Dota 2
  4. Sekiro: Shadows Die Twice
  5. Dota Underlords
  6. Destiny 2
  7. Halo: The Master Chief Collection
  8. Total War: Three Kingdoms
  9. Path of Exile
  10. PlayerUnknown's Battlegrounds
  11. GTA V
  12. Counter-Strike: Global Offensive

Eng yaxshi sotilgan VR-o‘yinlar

Virtual reallikka asoslangan o‘yinlarning eng yaxshi daromad keltirganlari quyidagilardir:

  1. Superhot VR
  2. Superhot VR
  3. Skyrim VR
  4. Fallout 4 VR
  5. Beat Saber
  6. Boneworks
  7. VR Kanojo
  8. Zero Caliber
  9. Hot Dogs, Horseshoes & Hand Grenades
  10. Pavlov VR
  11. Arizona Sunshine
  12. Blade and Sorcery
  13. GORN

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Metacritic agregatori oxirgi o‘n yillikning eng yaxshi o‘yinlarini ikkita reytingda aks ettirgan, shuningdek, 2019 yilning eng yomon o‘yinlari o‘ntaligini e’lon qilgan edi. Bulardan tashqari, videoo‘yinlar olamidagi o‘ziga xos «Oskar» hisoblanuvchi The Game Awards 2019 sovrindori bo‘lgan o‘yinlar, The Verge nashriga ko‘ra 2019 yilning eng zo‘r videoo‘yinlari o‘ntaligi ham e’tiborga loyiq.

O‘QING: Nihoyat, bu mashhur o‘yin Google Play’ga ham chiqishi mumkin!