2019 yili iPhone’larda eng ommalashgan pulli va bepul o‘yinlar

  •   DiMaX
  •  1067
  •  05.12.2019 13:20

2019 yili iPhone’larda eng ommalashgan pulli va bepul o‘yinlar

Kuni kecha Apple korporatsiyasiga ko‘ra 2019 yilgi eng yaxshi ilovalar va o‘yinlar reytingini e’lon qilgan edik. Kupertinolik gigant, shuningdek, iPhone foydalanuvchilari orasida eng ommalashgan o‘yinlar ro‘yxatini ham taqdim etgan.

O‘QING: TOP-10: Eng kuchli o‘yinbop smartfonlar (2019 yil, noyabr)

Tugallanayotgan yilda iPhone egalari eng ko‘p yuklab olgan bepul o‘yinlar ro‘yxatida Mario Kart Tour yetakchilik qilmoqda. Pulli o‘yinlar orasida esa Minecraft hammasidan ko‘p ko‘chirib olingan.

Shunday qilib, iPhone egalari orasida 2019 yili eng ommalashgan bepul o‘yinlar quyidagilardir:

  1. Mario Kart Tour
  2. Color Bump 3D
  3. io
  4. Call of Duty: Mobile
  5. BitLife — Life Simulator
  6. Polysphere — art of puzzle
  7. Wordscapes
  8. Fortnite
  9. Roller Splat!
  10. AMAZE!!

Qizig‘i shundaki, Mario Kart Tour shu yilning sentyabridagina chiqqandi va uch oyga ham yetmasdan, reytingning shohsupasiga ko‘tarildi.

O‘QING: The Guardian reytingi: XXI asrning eng zo‘r ellikta o‘yini

Ayfonlar egalari bu yil eng ko‘p sotib olgan – pulli o‘yinlar reytingi esa quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. Minecraft
  2. Heads Up!
  3. Plague Inc.
  4. Bloons TD 6
  5. Geometry Dash
  6. Rebel Inc.
  7. The Game of Life
  8. Stardew Valley
  9. Bloons TD 5
  10. Grand Theft Auto: San Andreas

Apple mazkur o‘yinlarning aynan necha marta yuklab olingani haqida ma’lumot bermagan.

O‘QING: Bu mobil o‘yin atigi uch oyda salkam yarim milliard dollar daromad keltirdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.