2019 yili Rossiyada eng ommalashgan o‘nta smartfon

  •   DiMaX
  •  3188
  •  18.01.2020 09:14

2019 yili Rossiyada eng ommalashgan o‘nta smartfon

«Yandeks.Market» tahlilchilari bozorda smartfonlarga bo‘lgan talabni o‘rganib chiqib, 2019 yilgi eng ommabop modellarni ma’lum qilishdi. Tadqiqotda o‘tgan yil mobaynida foydalanuvchilarning onlayn do‘konlarga o‘tishlari haqidagi maa’lumotlarga asoslanilgan.

O‘QING: Mishustinning birgina so‘zidan so‘ng «Yandeks» aksiyalari tarixiy maksimumdan oshib ketdi

Bultur rossiyaliklar orasida eng ommabop smartfonsoz Xiaomi bo‘lgaan – internet-do‘konlarga o‘tishlarning 30 foizi shu kompaniya telefonlari uchun amaalga oshirilgan. Undan keyingi o‘rinlarda esa Samsung (20%) hamda Apple (16%) smartfonlariga eng ko‘p qiziqish bildirilgan.

Shunday qilib, Rossiyada 2019 yili eng ommalashgan modellar o‘ntaaligi quyidagicha:

  1. Xiaomi Redmi Note 7 4/64GB
  2. Samsung Galaxy A50 64GB
  3. Apple iPhone Xr 64GB
  4. Xiaomi Redmi 6A 2/16GB
  5. Honor 8X 4/64GB
  6. Apple iPhone Xr 128GB
  7. Samsung Galaxy S10e 6/128GB
  8. Xiaomi Redmi 7 3/32GB
  9. Apple iPhone 7 32GB
  10. Apple iPhone X 64GB

Guvohi bo‘layotganimizdek, reytingning kuchli o‘ntaligiga uchta Xiaomi, ikkita Samsung, to‘rtta Apple va bittagina Huawei (Honor) smartfoni kirgan.

O‘QING: iPhone 12 Pro’lar rekord hajmli «operativka»ga ega, lekin Samsung va Xiaomi flagmanlari...

«Yandeks.Market» foydalanuvchilarining naq yarmi 16300 rubl (taxminan 265 AQSh dollari) doirasidagi narxda smartfon izlagan. Internet-do‘konlarga o‘tuvchilarning 90 foizi uchun smartfonning ikkita SIM-kartali bo‘lishi muhim hisoblangan, NFC moduli bor telefon qidirganlar esa umumiy foydalanuvchilarning 60 foizini tashkil etgaan.

Ichki xotira masalasiga kelsak, rossiyaliklarning aksariyati 64 gigabaytlik, keyingi o‘rinlarda esa 128 va 32 gigabaytlik smartfon izlashgan. Eng ko‘p hollarda «operativka»si 4 gigabaytlik modellar qidirishgaan.

Onlayn do‘konlarga o‘tuvchilarning 39 foizi akkumulyatorining tok sig‘imi 3500 dan to 4500 mA/soatgacha bo‘lgan smartfonlarga qiziqish bildirishgan. Ekrani 6 dyuymlik va undan katta smartfonlar ommabop bo‘lgan, rossiyaliklar asosan 2340x1080 piksellik displeylarni ma’qul ko‘rishgan.

O‘QING: Antiqa reyting: 2019 yilda qaysi smartfonlarni ko‘proq soxtalashtirishgan?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!