2019 yili YouTube’da eng ommalashgan videolarning uchta reytingi bilan tanishamiz

  •   DiMaX
  •  2431
  •  06.12.2019 13:01

2019 yili YouTube’da eng ommalashgan videolarning uchta reytingi bilan tanishamiz

Google o‘tgan yilning yakunida YouTube bo‘yicha 2018 yil yakunlariga bag‘ishlangan video e’lon qilgan edi. Buni qarangki, ayni shu videoxostingning o‘z rasmiy kanalida e’lon qilingan mazkur rolik foydalanuvchilarga eng yoqmagan videolavha bo‘lib chiqdi.

O‘QING: YouTube’dagi eng ko‘p «dislayk» olgan videolar TOP-o‘ntaligi

Endi esa qidiruv giganti 2019 yildagi eng ommbop musiqiy kliplar hamda mualliflik videolarining reytinglarini taqdim etdi. Quyida ularning nomlaridagi havola orqali o‘tib, tegishli rolikni tomosha qilish imkoni mavjud.

2019 yili YouTube’da eng ommalashgan videolar reytingida Lotin Amerikasi xonandalari yetakchilik qilishmoqda – TOP-o‘ntalikning qoq yarmini ispan tilidagi qo‘shiqlar egallagan.

Mana, yakuniga yetayotgan yilda eng ko‘p ko‘rilgan kliplar o‘ntaligi:

  1. Daddy Yankee & Snow — Con Calma (Video Oficial)
  2. ROSALÍA, J Balvin — Con Altura (Official Video) ft. El Guincho
  3. Anuel AA, KAROL G — Secreto
  4. Anuel AA, Daddy Yankee, Karol G, Ozuna & J Balvin — China (Video Oficial)
  5. Jhay Cortez, J. Balvin, Bad Bunny — No Me Conoce (Remix)
  6. Shawn Mendes, Camila Cabello — Señorita
  7. Maari 2 — Rowdy Baby (Video Song) | Dhanush, Sai Pallavi | Yuvan Shankar Raja | Balaji Mohan
  8. BLACKPINK — ‘Kill This Love’ M/V
  9. Billie Eilish — bad guy
  10. Ariana Grande — 7 rings

O‘QING: Endi YouTube'ning qo‘shimcha funksiyasi yettita Osiyo davlatida ham mavjud!

Shuningdek, Google bu yil eng ko‘p layk to‘plagan kliplarni ham alohida ro‘yxat tarzida e’lon qilgan. Mana, ularning TOP-o‘ntaligi bilan tanishamiz:

  1. Shawn Mendes, Camila Cabello — Señorita
  2. BTS (방탄소년단) ‘작은 것들을 위한 시 (Boy With Luv) feat. Halsey’ Official MV
  3. BLACKPINK — ‘Kill This Love’ M/V
  4. Billie Eilish — bad guy
  5. Lil Nas X — Old Town Road (Official Movie) ft. Billy Ray Cyrus
  6. Ariana Grande — 7 rings
  7. Lil Dicky — Earth (Official Music Video)
  8. Daddy Yankee & Snow — Con Calma (Video Oficial)
  9. j-hope ‘Chicken Noodle Soup (feat. Becky G)’ MV
  10. Vaaste Song: Dhvani Bhanushali, Tanishk Bagchi | Nikhil D | Bhushan Kumar | Radhika Rao, Vinay Sapru

Musiqiy kliplardan tashqari, YouTube jamoasi oddiy mualliflik videolarining ham ro‘yxatini tuzgan. Unda birinchi o‘rinni tuxum haqidagi g‘ayrioddiy rolik egallagan! Eslasangiz kerak, Instagram foydalanuvchilaridan biri ijtimoiy tarmoqlardagi layklar sun’iy va noxolis mexanizmlar asosida yig‘ilishini ko‘rsatib bergan edi. Buning uchun u shunchaki tovuq tuxumining oddiygina suratini Instagram’ga joylab, rekord darajada layk to‘plash uchun unga ovoz berishlarini so‘ragan. YouTube’dagi mazkur videorolikda ham xuddi shu usul qo‘llangan – lavha muallifi foydalanuvchilardan layklar orqali uni ommalashtirishni iltimos qilgan va o‘z maqsadiga erishgan.

O‘QING: Tuxum chatnadi: layklar rekordchisi ikkinchi suratni e’lon qildi

Ta’kidlash kerakki, tuxum tasviri bilan YouTube’da eng ommalashgan rolikning muallifi MrBeast ismli vloger bo‘lib, u daraxtlar o‘tqazish uchun mablag‘ to‘plash aksiyasini ham yo‘lga qo‘ygan. Keng ko‘lamli ushbu xayriya aksiyasida Ilon Mask va boshqa mashhur shaxslar ham ishtirok etishgan.

Xullasi kalom, 2019 yili YouTube’da eng ommalashgan mualliflik videolarining TOP-o‘ntaligi quyidagicha:

  1. Make This Video The Most Liked Video On Youtube (muallifi – MrBeast)
  2. Marzia & Felix — Wedding 19.08.2019 (muallifi – PewDiePie)
  3. DIA EM QUE ASSISTI BIRD BOX (muallifi – whinderssonnunes)
  4. ONE GUY, 54 VOICES (With Music!) Drake, TØP, P!ATD, Puth, MCR, Queen – Famous Singer Impressions (muallifi – Black Gryph0n)
  5. Minha slime deu certo.Consegui desta vez. Realizei meu sonho minhas amigas (muallifi – Nilson Izaias Papinho Oficial)
  6. how to create billie eilish’s «bad guy» (muallifi – SethEverman)
  7. No More Lies (muallifi – James Charles)
  8. My BIGGEST Flipbook EVER — The RETURN of Grumpy Cloud (muallifi – Andymation)
  9. POKUPAYu VSYo ChTO TI MOJESh UNESTI IZ MAGAZINA ! (muallifi – A4)
  10. Conspiracy Theories with Shane Dawson (muallifi – shane)

Darvoqe, Terabayt.uz nashrining YouTube-kanalida ham qiziqarli videolar mavjudligini eslatib o‘tmoqchimiz. Jumladan, ICTWEEK 2019 haftaligi doirasidagi ICTEXPO 2019 ko‘rgazmasida ishtirok etgan jamoamiz Huawei Mate X buklamafonini ishlatib ko‘rgan. Ushbu jarayonning videosini mana bu havola orqali YouTube-kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

Shu o‘rinda YouTube’ning pulli funksiyasidan Telegram orqali bepul va reklamasiz foydalanish usuli aks ettirilgan ushbu maqolamiz bilan ham tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

O‘QING: YouTube’da antirekord: Timur Yunusovning so‘nggi klipi eng ko‘p «dislayk» oldi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!