2019 yilning eng barqaror smartfonlari va proshivkalari (Master Lu reytingi)

  •   DiMaX
  •  2215
  •  06.01.2020 15:40

2019 yilning eng barqaror smartfonlari va proshivkalari (Master Lu reytingi)

Saytimiz orqali smartfonlarning samaradorligi bo‘yicha AnTuTu, Master Lu va Geekbench singari benchmark servislari e’lon qilgan reytinglarni e’lon qilib kelmoqdamiz. Shular orasidan Master Lu qurilmalarning turli jihatlari bo‘yicha xulosalarini taqdim etishi bilan ajralib turadi.

O‘QING: Eng kuchli yigirmata smartfon (Master Lu, 2019 yil oktyabr reytingi)

Endi esa Master Lu smartfonlarning bir tekis va barqaror ishlashi, shuningdek, eng barqaror proshivka bo‘yicha 2019 yil yakunlarini ham e’lon qildi.

Shunday qilib, ushbu benchmarkka ko‘ra, 2019 yilning eng yaxshi ishlovchi smartfoni Huawei Mate 30 Pro 5G bo‘lib chiqdi. Aytish kerakki, ushbu flagman savdoga chiqishi bilan 1 daqiqadayoq 1 milliardlik sotilgan hamda yaqinda DxOMark taxtidan Mate 30 Pro va Mi CC9 Pro’ni ag‘dargan edi.

Eng silliq ishlovchi smartfonlar safida yana Nubia Red Magic 3S, OnePlus 7T Pro, Honor V30, Vivo NEX 3 5G, Realme X2 Pro, Meizu 16s Pro, Samsung Galaxy Note 10+ 5G, Xiaomi Mi 9 Pro 5G hamda Oppo Reno Ace ham bor.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (1-hafta)

Master Lu benchmarki e’lon qilgan navbatdagi reytingga ko‘ra, 2019 yildagi eng barqaror proshivka – OnePlus kompaniyasining OxygenOS grafik qobig‘i ekan. Servis uni «2019 yilning eng zo‘r foydalanuvchi interfeysi», deb atagan.

Shuningdek, eng barqaror proshivkalar qatorida MIUI, EMUI, Joy UI, Nubia UI, Smartisan OS, ColorOS, FunTouch, MIUI, Flyme hamda One UI ham sanab o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, Master Lu ma’lumotlari asosida antennasi eng kuchli smartfonlar, eng qattiq qizib ketuvchi smartfonlar, «sun’iy ong»li smartfonlar protsessorlari hamda eng tezkor, ravon va qulay interfeysli smartfonlar reytinglarini taqdim etganmiz.

O‘QING: Rivojlangan davlat aholisi qaysi kompaniyalar smartfonini ishlatmoqda?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!