2019 yilning eng sara sakkizta smartfoni (IGN versiyasi)

  •   DiMaX
  •  3168
  •  16.12.2019 12:57

2019 yilning eng sara sakkizta smartfoni (IGN versiyasi)

Kompyuter o‘yinlari, seriallar va kinofilmlar yo‘nalishidagi yirik axborot va yangiliklar resursi – IGN nashri yil yakunlarini chiqardi. Tahririyat mutaxassislari oxirgi 12 oyda taqdim etilgan eng yaxshi smartfonlarni e’lon qilishdi.

O‘QING: Ikkita narx toifasidagi eng kuchli smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2019 yil noyabr)

Nashrning ekspertlari yilning eng zo‘r smartfoni, deya Apple’ning bu yilgi eng arzon ayfonini e’tirof etishgan. Qizig‘i shundaki, IGN reytingida xitoylik eng sermahsul ikkita smartfonsozi – Huawei hamda Xiaomi kompaniyalarining birorta ham smartfoni yo‘q!

Mana, IGN joriy yilning eng zo‘r telefonlarini quyidagicha tavsiflagan:

  1. iPhone 11 – eng zo‘r smartfon
  2. Google Pixel 3a – eng yaxshi hamyonbop smartfon
  3. iPhone 11 Pro – eng yaxshi ayfon
  4. OnePlus 7T – eng yaxshi Android-smartfon
  5. Asus ROG Phone II – eng zo‘r o‘yinbop smartfon
  6. Google Pixel 4 XL – eng zo‘r kamerofon
  7. Sony Xperia 1 – striming uchun eng yaxshi smartfon
  8. Samsung Galaxy Note 10 Plus – eng yaxshi fablet

Aytish kerakki, yuqoridagi reyting IGN nashrining versiyasidir; boshqa kompaniyalar ham birin-ketin bu borada o‘z nuqtai nazarlarini e’lon qilishmoqda. Masalan, The Verge nashri yaqinda taqdim etgan o‘n yillikning eng muhim yuzta gadjeti reytingida salkam o‘n yillik smartfon yetakchi bo‘lgan!

O‘QING: Android-qurilmalar egalariga xushxabar bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!