2019 yilning eng xaridorgir smartfoni 200 dollargacha chegirma bilan sotilyapti!

  •   DiMaX
  •  1897
  •  01.06.2020 12:56

2019 yilning eng xaridorgir smartfoni 200 dollargacha chegirma bilan sotilyapti!

Apple korporatsiyasining iPhone XR modeli, garchi 2018 yili taqdim etilgan bo‘lsa-da, hozirgacha ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Omdia tadqiqot kompaniyasi e’lon qilgan 2019 yilgi eng xaridorgir smartfonlar reytingida u yetakchilik qilgan. Lekin...

O‘QING: Eng xaridorgir smartfon endi qimmatlaydi – uning ishlab chiqarilishi to‘xtatildi

Kupertinolik korporatsiya endi qayta tiklangan iPhone XR smartfonlarini chegirma bilan sota boshladi. Uning xaridida, modifikatsiyasiga qarab, 100 dollardan 200 dollargacha (dastlabki narxiga nisbatan) tejash mumkin. Tejamkorlik tanlangan modelning narxiga mos ravishda o‘sib boradi.

Demak, Apple qayta tiklangan (refurbished) iPhone XR modelining tezkor xotirasi 64 gigabaytlik variantini rasmiy sayti orqali 500 dollardan sotmoqda. Uning 128 gigabaytligi 540 dollarga baholangan bo‘lsa, 256 gigabaytligi uchun 630 dollar so‘rashyapti.

Ko‘pchilikni qiziqtirgan masala: xo‘sh, o‘zi qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Terabayt.uz’da ayni shu mavzuda bir qator xabar va maqolalar chiqarganmiz. Jumladan, ayni shu masalaga Apple sobiq xodimi aniqlik kiritgani, qayta tiklangan ayfonning originalidan farqlari, har qanday iPhone’ning yangi yoki qayta tiklangan ekanini osongina aniqlash usuli haqida bilib olishingiz mumkin.

O‘QING: iPhone SE (2020), iPhone SE, iPhone 11, iPhone XR va iPhone 8'larni bitta joyda taqqoslaymiz