2019 yilning eng yomon parollari reytingi: qarang-chi, unda sizniki yo‘qmikan?

  •   DiMaX
  •  2853
  •  16.12.2019 11:49

2019 yilning eng yomon parollari reytingi: qarang-chi, unda sizniki yo‘qmikan?

Joriy yilning bahorida biz eng yomon parollarning TOP-yigirmataligini chiqargan edik. Endi esa NordPass servisining blogida butun yil davomidagi eng sodda parollar reytingi e’lon qilindi.

O‘QING: Yana bir judolik: parollar “yetim qoldi”

NordPass – parollarni saqlash ilovasi bo‘lib, uning dasturchilari 2019 yilda ommaviy sizib chiqqan login-parollarni ko‘rib chiqishgan va ularning ro‘yxatni e’lon qilgan. Umuman olganda, reyting naq yarim milliard login-parol asosida tuzilgan. Servisning saytida shulardan ikki yuzta eng sodda parollar ro‘yxati keltirilgan.

Biz esa shundan TOP-o‘ntalikka kirgan – eng yomon parollarni ma’lum qilmoqdamiz:

  1. 12345 – 2,8 million marta uchragan
  2. 123456 – 2,4 million marta uchragan
  3. 123456789 – million marta uchragan
  4. test1 – 990 ming marta uchragan
  5. password – 830 ming marta uchragan
  6. 12345678 – 512 ming marta uchragan
  7. zinch – 483 ming marta uchragan
  8. g_czechout – 372 ming marta uchragan
  9. asdf – 359 ming marta uchragan
  10. qwerty – 348 ming marta uchragan

Biror akkauntni buzib kirish uchun yovuz niyatli kishilar odatda parolni taxminiy terib ko‘rishadi. Ular birinchi navbatda eng ommalashgan variantlarni sinab ko‘rishadi. Shu boisdan, agar yuqoridagi yoki NordPass saytida keltirilgan ro‘yxatda sizning parolingiz ham mavjud bo‘lsa, tezda almashtirganingiz ma’qul.

Bu borada akkauntingizni buzib kirishdan saqlash usullari, ishonchli parol yaratish yo‘llari, parolingizni buzish qanchalik osonligini onlayn tekshirish, parolingiz o‘g‘irlanganini tekshirib beruvchi Telegram-bot haqidagi yo‘riqnoma-maqolalarimizga ham nazar solishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Mail.ru pochtangiz bormi? Paroldan umidni uzavering!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!