2019 yilning eng zo‘r 10 smartfoni («Roskachestvo» talqini) va narxlari

  •   DiMaX
  •  6327
  •  18.06.2019 14:11

2019 yilning eng zo‘r 10 smartfoni («Roskachestvo» talqini) va narxlari

Rossiya Federatsiyasining sifat nazoratiga ixtisoslashgan tashkiloti – «Roskachestvo» ayni damgacha bozorga chiqqan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Mazkur reytingni shakllantirish uchun u ICRT (International Consumer Research & Testing Ltd) tashkiloti bilan birgalikda tadqiqotlar o‘tkazgan.

O‘QING: «Roskachestvo» bahordagi eng zo‘r smartfonlar reytingini e’lon qildi

Tadqiqot doirasida umumiy hisobda 451 modeldagi smartfon tekshirib ko‘rilgan, ular orasida Honor, Huawei, Samsung, Sony va Xiaomi brendlariga mansub yangilari ham bor. Sinab ko‘rilgan smartfonlardan 106 modeli allaqachon savdodan olingan, shu bois joriy katalogda 345 rusumdagi smartfon haqida ma’lumotlar mavjud.

Xullas, 2019 yilning iyun oyi holatiga ko‘ra eng yaxshi o‘nta smartfon ro‘yxatini «Roskachestvo» taqdim etgan. Biz esa ulardan aksariyatining Terashop.uz internet-do‘konimizdagi narxlari hamda tegishli modellarning xarid sahifalariga eltuvchi havolalar bilan e’lon qilmoqdamiz:

  1. Samsung Galaxy S10+ – 7 085 000 so‘m (Sotib olish)
  2. Samsung Galaxy S10 – 6 190 000 so‘m (Sotib olish)
  3. Samsung Galaxy Note 9 – 7 225 000 so‘m (Sotib olish)
  4. iPhone XS Max – 8 960 000 so‘m (Sotib olish)
  5. Huawei P30 – 5 399 000 so‘m (Sotib olish)
  6. Samsung Galaxy S10e – 4 990 000 so‘m (Sotib olish)
  7. iPhone XS – 8 098 000 so‘m (Sotib olish)
  8. Huawei P30 Pro – 7 599 000 so‘m (Sotib olish)
  9. Samsung Galaxy S9+
  10. Samsung Galaxy S9

TOP-o‘ntalikka kirgan ushbu smartfonlar va umuman tadqiqot bo‘yicha ekspertlar xulosalari bilan batafsil tanishish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Atigi uch soniyadayoq 15 million dollarlik sotilgan smartfonni bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.