2019 yilning eng zo‘r kamerofonlari: DxOMark reytingi chiqdi

  •   DiMaX
  •  2428
  •  29.11.2019 10:33

2019 yilning eng zo‘r kamerofonlari: DxOMark reytingi chiqdi

DxOMark laboratoriyasi asosan kameralarni xolis tekshiruvdan o‘tkazib, beholashi bilan dong taratgan. Shuningdek, nisbatan yaqinda u smartfonlarning ovoz yangratish xususiyatlarini tekshirishni yo‘lga qo‘ydi va bu boradagi ilk reytingini e’lon qilgan.

O‘QING: Eng zo‘r iPhone ham DxOMark testida ikkita xitoycha flagmanga mag‘lub bo‘ldi!

Mazkur kompaniya joriy yilning eng yaxshi kamerofonlari reytingini e’lon qildi. Unda birinchi o‘rinni Huawei Mate 30 Pro hamda Xiaomi Mi CC9 Pro Premium Edition o‘zaro bo‘lishib olishdi. Reytingni tuzuvchilar a’lo sifatli rasm va videolar olishga qodir bo‘lgan bu ikki smartfonni mobil fotograflar uchun eng yaxshi tanlov, deyishdi.

Garchi kamera konfiguratsiyalari har xil bo‘lsa-da bu ikki modelning suratga olish sifatida deyarli farq yo‘q. Huawei flagmani fotos’yomkani zo‘r uddalaydi, xususan, tungi suratga olish uchun Mate 30 Pro eng yaxshisi bo‘lib chiqqan:

Xiaomi kamerofoni esa zum bilan – sifatni yo‘qotmagan holda yaqinlashtirib suratga olish hamda roliklar tayyorlash bo‘yicha yetakchilik qildi.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarida endi «yashirin kamera texnologiyasi» qo‘llanadi

Apple iPhone 11 Pro Max (sotib olish) hamda Samsung Galaxy Note 10+ 5G flagmanlari esa uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni taqsimlab olishdi. Bunda kupertinoliklarning vakili video olish uchun eng ma’qul, janubiy koreyaliklar mahsuloti esa ultra keng burchakli rasmlar bo‘yicha eng yaxshi smartfon deb topilgan.

Umumiy reytingda beshinchi o‘rinni egallagan Samsung Galaxy S10 5G esa birorta kategoriya bo‘yicha eng yaxshisi bo‘lmagan.

Tekshiruvlarning batafsil ma’lumotlari, gadjetlarda olingan suratlar va videolar bilan mana bu yerda (inglizchada) batafsil tanishish mumkin. Bundan tashqari, DxOMark selfi olish bo‘yicha yilning eng zo‘r smartfonlarini ham e’lon qilgan va bu reytingni tez orada taqdim etamiz.

O‘QING: Apple keyingi yildan Samsung bilan hamkorlik qiladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!