2020 yil so‘ngida beshta narx toifasida eng qudratli Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari)

  •   DiMaX
  •  1408
  •  16.01.2021 11:39

2020 yil so‘ngida beshta narx toifasida eng qudratli Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari)

AnTuTu servisi avvalroq 2020 yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra eng zo‘r Android-flagmanlar TOP-o‘ntaligini chiqargan. Shuningdek, benchmark jamoasi o‘rta narx toifasiga mansub telefonlarning eng kuchlilari reytingini ham taqdim etgan.

O‘QING: Galaxy S21 hamda Galaxy S21+ taqdim etildi: videosi, narx va jihatlari

Bulardan tashqari, AnTuTu benchmarki turli narx toifalariga ko‘ra Android-smartfonlarning eng kuchlilarini ham e’tirof etgan. Ushbu reytinglar qurilmalarning Xitoy pul birligi – yuanda ifodalangan narxi bo‘yicha toifalarga ajratilgan, tushunish oson bo‘lishi uchun quyida ularni AQSh dollariga o‘girib ko‘rsatmoqdamiz.

Shunday qilib, eng arzon – narxi 1499 yuangacha (231 dollargacha) bo‘lgan smartfonlar orasida 6/128 gigabaytlik Redmi 10X 5G modeli yetakchi bo‘lgan:

Xitoyda 1500–1999 yuan (231–309 dollar) narxida sotilayotganlari orasida esa xuddi shunday xotirali Redmi K30 Ultra flagmani eng zo‘ri ekan:

Narxi 2000–2999 yuanlik (309–463 dollarlik) smartfonlarning eng zo‘ri deb 8/128 gigabaytlik Redmi K30S Ultra e’tirof etilgan:

E’tibor bergan bo‘lsangiz, shu narx toifasigacha bo‘lgan barcha reytinglarda faqatgina Xiaomi korporatsiyasining Redmi brendi vakillari eng kuchli smartfonlar bo‘lib kelgan.

O‘QING: Redmi Note 9T bilan birga yana bir «avtonomlik monstri» – Redmi 9T ham chiqdi! (+«jonli» video)

3000 yuandan 4499 yuangacha (463–695 dollar) sotilayotgan telefonlar bo‘yicha esa 12/256 gigabaytlik Realme X50 Pro 5G birinchilikni olgan:

Va nihoyat, narxi 4500 yuandan (695 dollardan) yuqori bo‘lgan flagmanlar orasida 12/256 gigabaytlik Xiaomi Mi 11 flagmani barchasidan ustun kelgan:

Eslatib o‘tamiz, Vivo kompaniyasining iQOO brendi tayyorlagan iQOO 7 geymerofoni ushbu servisda 752 935 ballik natija bilan rekord o‘rnatgan. Lekin u hali yaqindagina taqdim etildi, bu orada esa Oppo kompaniyasining Find X3 Pro flagmani undan ham oshiq natija ko‘rsatdi. Bu model hali rasman namoyish qilganicha yo‘q, biroq allaqachon samaradorlik bo‘yicha undan ham ustun yangi smartfon paydo bo‘ldi!

O‘QING: AnTuTu taxtiga da’vogarni taqdimotidan avval «Qora Akula yeb qo‘ydi»!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!