2020 yilda Apple tarixdagi eng yirik va o‘ta ixcham iPhone’larni chiqaradi

  •   DiMaX
  •  2174
  •  29.11.2019 16:44

2020 yilda Apple tarixdagi eng yirik va o‘ta ixcham iPhone’larni chiqaradi

Stiv Jobs kompaniyasining iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max rusumli smartfonlari dunyo bo‘ylab yaxshi sotilmoqda. Keyingi yilda esa nisbatan arzon – Hindistonda terilgan ayfonlar ham jaahon bozoriga chiqishi kutilmoqda.

O‘QING: DIQQAT: Yap-yangi iPhone’ni ham do‘konning o‘zidayoq qadog‘ini ochib tekshirib oling!

2019 yili taqdim etilgan uch xil rusumdagi Apple smartfonlarining ekran o‘lchamlari quyidagicha:

iPhone 11 (sotib olish) — 6,1 dyuym

iPhone 11 Pro (sotib olish) — 5,8 dyuym

iPhone 11 Pro Max (sotib olish) — 6,5 dyuym

Ko‘rib turganingizdek, ularning o‘lchamlari bir-biridan u qadar katta farq qilmaydi.

O‘QING: iPhone 11’larning taqdimotda Apple aytmagan beshta kamchiligi

Janubiy Koreyaning ETNews nashri esa 2020 yili chiqariladigan ayfonlar haqidagi yangi xabarlarni e’lon qildi. iPhone’larning butlovchi qismlarini yetkazib beruvchi tizimlardagi insayderlar ularning ekranlari o‘lchamlari haqida ma’lumotlarni sizdirishgan.

Unga ko‘ra, Apple keyingi yil kuzda yana uchta rusumda iPhone 12 smartfonlarini namoyish qiladi. Biroq bu gal ularning ekran o‘lchamlari bir-biridan juda farq qiladi. Ulardan o‘rtanchasi avvalgidek 6,1 dyuymlik displeyga ega, ammo ixchamining o‘lchami yana kichraytirilib, 5,4 dyuymga tushirilgan. Kattasi esa yanada «o‘sib», naq 6,7 dyuymlik ekran bilan jihozlanadi. Bular esa judayam ixcham va korporatsiya tarixidagi eng yirik ayfonlar bo‘ladi.

Bulardan tashqari, ekrani 4,7 dyuymlik iPhone SE 2 modeli ham namoyish etilishi va 399 dollarga narxlanishi kutilmoqda.

O‘QING: iPhone haqida eng keng tarqalgan oltita aldov