2020 yilda eng yirik noutbuksozlar qancha sotishdi?

  •   DiMaX
  •  1155
  •  01.02.2021 17:21

2020 yilda eng yirik noutbuksozlar qancha sotishdi?

Oxirgi yillarda shaxsiy kompyuterlar savdosi sezilarli darajada pasayib kelayotgan edi. Lekin koronavirus pandemiyasi davrida masofadan ishlashga o‘tilgach, ularga bo‘lgan talab keskin oo‘ib ketdi.

O‘QING: HP ikkita noutbuk-transformer va simsiz quloqchinlarni taqdim qildi

Canalys kompaniyasining tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, 2020 yilda jami 235,1 milliontacha noutbuk, 61,9 milliontacha desktop kompyuter sotilgan.

2020 yilda noutbuk bozorida daromad 140,3 milliard dollarga yetgan, bu esa 2019 yil ko‘rsatkichidan 4,6 milliard dollarga ko‘p. Prognozlarga ko‘ra, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 142,1 milliard dollarga boradi.

O‘QING: Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?

Bu bozorda eng yirik ulush Lenovo’ga tegishli – u joriy yilda 72,7 millionta laptop sotib, bozorning chorak qismini egallagan. Uning ortidan HP (67,6 million), Dell (50,3 million), Apple (22,6 million) hamda Acer (20 million) kompaniyalari kelmoqda.

Mamlakatlar kesimida olib qaraganda, AQSh noutbuklar uchun eng yirik bozor bo‘lib qolmoqda – u yerda taxminan $36,1 milliardlik laptop sotilgan. Kuchli uchlikka yana Xitoy ($19,6 milliard) hamda Yaponiya ($9,8 milliard) kirgan.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Windows 10 tizimli kompyuter va noutbuklarni ishdan chiqaruvchi havola tarqaldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!