2020 yilda Netflix’da ko‘proq nimalarni tomosha qilishgan? (+video)

  •   DiMaX
  •  888
  •  17.12.2020 11:31

2020 yilda Netflix’da ko‘proq nimalarni tomosha qilishgan? (+video)

Yilning oxiriga yaqin ko‘plab servislar o‘zlarining turli hisobotlari, reytinglarini e’lon qilishlari an’anaga aylangan. Netflix striming servisi esa 2020 yil mobaynida o‘z mijozlarining qiziqishlarini qisqa video tarzida taqdim etdi.

O‘QING: «Netflix effekti» yoki kino shunchaki tomosha emasligi haqida

«Netflix 2020 Year In Review» deb nomlangan ushbu rolikda aytilishicha, bu servisda jangari filmlarni tomosha qilish joriy yilda 40 foizga oshgan. Tomoshabinlarning fantastikaga qiziqishlari 60 foizga ortgan bo‘lsa, anime tomosha qilish ko‘rsatkichi 100 foizga oshgan!

Shuningdek, romantik filmlar va shoularni, yana ta’limiy va ma’rifiy seriallarni ko‘rish darajasi ham sezilarli ortgan.

Netflix vakillarining fikricha, karantindagi kishilar shu kabilarni tomosha qilish orqali real hayotdagi zerikarli voqelikdan chalg‘ishga intilishgan.

O‘QING: Internetda video ko‘rganda qancha megabaytingiz sarflanishini bilasizmi?