2020 yilda PlayStation 4 va PlayStation 5’larga eng ko‘p yuklangan o‘yinlar

  •   DiMaX
  •  1545
  •  14.01.2021 16:06

2020 yilda PlayStation 4 va PlayStation 5’larga eng ko‘p yuklangan o‘yinlar

Sony kompaniyasi rus tilidagi PlayStation blogida o‘tgan yilgi o‘yinlar reytinglarini e’lon qildi. Unda PS4 hamda PS5 konsollariga eng ko‘p yuklab olingan o‘yinlar alohida-alohida ko‘rsatilgan.

O‘QING: Metacritic reytingi: 2020 yilning eng zo‘r beshta o‘yini (+video)

PlayStation 5 uchun Shimoliy Amerika hamda Yevropada yetakchi Call of Duty: Black Ops Cold War o‘yini bo‘ldi.

Har ikkala hudud uchun ikkinchi o‘rinda Marvel's Spider-Man: Miles Morales, uchinchi pog‘onada esa Assassin’s Creed Valhalla o‘yinlari turibdi.

O‘QING: Steam Awards 2020: o‘nta yo‘nalishda yilning eng zo‘r o‘yinlari

PlayStation 4 pristavkasiga yuklab olingan o‘yinlar borasida AQSh/Kanada reytingida kuchli uchlikda tegishlicha Call of Duty: Black Ops Cold War, Grand Theft Auto V hamda Call of Duty: Modern Warfare o‘yinlari turibdi.

Yevropalik geymerlar esa FIFA 21, FIFA 20 hamda Grand Theft Auto V o‘yinlarini ko‘proq ma’qul ko‘rishgan.

PlayStation’ning yil yakunlariga bag‘ishlangan rus tilidagi maqolasini to‘liq o‘qish uchun ushbu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Antiqa reyting: 2020 yilning eng yomon o‘nta o‘yini!