2020 yildagi eng yomon ELLIKTA parol: qarang-chi, sizniki yo‘qmikan bu ro‘yxatda?

  •   DiMaX
  •  4320
  •  20.11.2020 10:07

2020 yildagi eng yomon ELLIKTA parol: qarang-chi, sizniki yo‘qmikan bu ro‘yxatda?

F-Secure kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari avvalroq eng ishonchsiz parollarni e’lon qilishgan edi. Bular – pochta yoki biror servisdagi akkaunt paroli emas, balki turli devayslarga qo‘yiladigan parollardir. Shuningdek...

O‘QING: Ekspert eng oson buziladigan parol turlarini aytdi

Parollarni boshqarish yo‘nalishidagi NordPass kompaniyasi o‘z ma’lumotlar bazasini o‘rganib chiqib, foydalanuvchilar haliyam o‘ta sodda va buzish oson bo‘lgan parollarni qo‘llashayotganini aniqladi. Deyarli 275,7 millionta parolni tekshirib ko‘rgan mutaxassislar joriy yilda onlayn-akkauntlar uchun eng ko‘p ishlatilayotgan parollarni e’lon qilishdi.

Antireytingda birinchi o‘rinni «123456» oldi – undan 2,5 million kishi foydalanmoqda; bulturgi reytingda esa u ikkinchi o‘rinda edi. NordPass bayonotiga ko‘ra, xakerlar va havaskorlar bu parolni 23,5 million martadan oshiq buzishgan.

O‘tgan yilgi reyting «yetakchisi» bo‘lgan «12345» parolini bu yil ham baribir 188000 mingdan oshiq kishi ishlatgan – bu gal u sakkizinchi o‘rinda turibdi. Yuqoridagi har ikkala parolni buzish uchun xakerlarga bir soniyadan ham kamroq vaqt yetarli ekan!

NordPass ta’kidlashicha, 2020 yilgi ro‘yxatga kirgan parollarning yarmidan ozrog‘i yangi ekan. Shulardan biri – «picture1» paroli yangi bo‘lsa-da, birdaniga uchinchi o‘rinni zabt etgan. Shunisi ham borki, reyting boshidagi o‘ntalikka kirgan ayrim parollarni buzishga bir necha soniya kifoya qilgan bo‘lsa, «picture1» uchun xakerlar uch soatcha ter to‘kishlariga to‘g‘ri kelgan.

Undan keyingi pog‘onada esa ko‘pchilikka «qadrdon» bo‘lgan «password» so‘zini ko‘ramiz. Yana bir yangi so‘z – «senha» ham kuchli (to‘g‘rirog‘i – himoyasi kuchsiz) o‘ntalikka kirgan; portugalchada u «parol» deganidir.

O‘QING: Ishonchli parol qanday yaratiladi, yana uni eslab qolish ham kerak

Eng yuqori o‘ntalikka «111111» paroli ham kirgan – u 17-o‘rindan 6-pog‘onaga ko‘tarilib olgan. O‘tgan yilgi ro‘yxatda 18-o‘rinda turgan «123123» ham bu gal yettinchi qatorga chiqqan. Ommabop kombinatsiya – «qwerty» bu yil 12-o‘rindan joy olgan.

Mana, to‘liq ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan:

Tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, qulayligi sababli kishilar oson eslab qolinuvchi va sodda parollarni tanlashmoqda. Shuningdek, parol sifatida nomaqbul so‘zlar, sonlar, kishi ismlari va taom nomlarini qo‘llash hollari ko‘p.

Bu borada akkauntingizni buzib kirishdan saqlash usullari, ishonchli parol yaratish yo‘llari, parolingizni buzish qanchalik osonligini onlayn tekshirish, parolingiz o‘g‘irlanganini tekshirib beruvchi Telegram-bot haqidagi yo‘riqnoma-maqolalarimizga ham nazar solishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Nima uchun VPN'dan foydalanish kerak? (+bonus)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!