2020 yilgi ikki xil Apple Watch ham 100 dollargacha arzonlashib sotuvga chiqdi

  •   DiMaX
  •  550
  •  01.05.2021 13:22

2020 yilgi ikki xil Apple Watch ham 100 dollargacha arzonlashib sotuvga chiqdi

Kupertinolik korporatsiyaning 2020 yil 15 sentyabrdagi onlayn marosimida Apple Watch Series 6 smart-soatini namoyish qilgani haqida yozgandik. Bundan tashqari, mazkur tadbirda arzonlashtirilgan smartvoch – Apple Watch SE ham ilk bor keng jamoatchilikka ko‘rsatilgan edi.

O‘QING: Bitta quvvatda 12 kun ishlay oluvchi Realme Watch 2 taqdim etildi

Apple biror nuqsoni tufayli xaridorlardan qaytgan va zavodning o‘zida qayta tiklangan (refurbished) smartfonlarni aslidan arzonroq narxlarda sotishidan xabaringiz bor. Shuningdek, kompaniya 2020 yilgi MacBook Pro noutbuklarining ham shunaqa versiyalarini naq bitta smartfon narxiga arzonlashtirib savdoga qo‘ygan.

Mazkur korporatsiya endi yuqorida qayd etilgan aqlli soatlarning ham refurbished versiyalarini o‘z rasmiy sayti orqali sotuvga chiqardi. Qayta tiklangan Apple Watch Series 6 modellarining narxlari 339 AQSh dollaridan, Apple Watch SE rusumli devayslar narxlari esa 239 dollardan boshlanadi.

Eng katta – 100 dolarlik chegirma esa zanglamas po‘latdan ishlangan korpusdagi Apple Watch Series 6 uchun taqdim etilmoqda. Boshqa rusumlardagi (shu jumladan, eskiroq modellardagi) Apple smart-soatlarining qayta tiklangan versiyalari narxlarini esa mana bu sahifada ko‘rish mumkin.

O‘QING: Qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Apple sobiq xodimi aniqlik kiritadi