2020 yilgi iPad Pro’lar naq 200 dollargacha arzonlashib sotuvga chiqdi: ularning aybi nimada?

  •   DiMaX
  •  721
  •  10.08.2021 13:31

2020 yilgi iPad Pro’lar naq 200 dollargacha arzonlashib sotuvga chiqdi: ularning aybi nimada?

Apple mahalliy bozorda bulturgi eng zo‘r plansheti – iPad Pro modellarini 200 dollargacha arzonlashtirilgan versiyalarini sota boshladi. Xo‘sh, ularning butkul yangi gadjetlardan farqi – qayta tiklangan ekanligidir.

O‘QING: iOS 15 proshivkasidan quruq qoladigan iPhone va iPad’lar ro‘yxati

Xabaringiz borki, kupertinolik korporatsiya o‘z gadjetlarining biror nuqson bilan sotuvdan qaytib kelganlarini maxsus tekshiruvdan o‘tkazib, defektli joyini hamda korpusi va akkumulyatorini almashtirib, boshqatdan savdoga qo‘yadi. Shu tarzda qayta tiklangan (refurbished) devayslar odatda shunaqa arzonroq narxda, lekin baribir tegishli muddatli kafolati bilan rasman sotuvga chiqariladi. Umuman olganda, ular rasman yap-yangisiga maksimal darajada yaqin qurilmalar hisoblanadi.

O‘tgan yilgi iPad Pro modellarining arzonlashtirilgan versiyalari ham shunaqa: ekrani diagonaliga 11 dyuymlik planshet 609 dollardan, 12,9 dollarligi esa 749 dollardan sotilmoqda. MacRumors nashrining yozishicha, bu – tegishlicha 90 va 200 dollarlik tejamkorlikdir.

Ta’kidlash kerakki, 2020 yilgi iPad Pro’lar – mazkur lineykaning A-seriyadagi Apple protsessorlariga ega so‘nggi vakillaridir. iPad Pro (2021) modellaridan boshlab kompaniya o‘z planshetlarida Apple M1 chipsetini qo‘llay boshlagan.

AQShlik texnogigant 2020 yilgi ikki xil Apple Watch‘ning ham qayta tiklangan versiyalarini 100 dollargacha arzonlashib sotuvga chiqargan edi. Kompaniyaning shunaqa arzonlashtirilgan – «xuddi yangidek» smartfonlari ham ommabop.

Ko‘pchilikni qiziqtirgan masala: xo‘sh, o‘zi qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi?Terabayt.uz’da ayni shu mavzuda bir qator xabar va maqolalar chiqarganmiz. Jumladan, ayni shu masalaga Apple sobiq xodimi aniqlik kiritgani, qayta tiklangan ayfonning originalidan farqlari, har qanday iPhone’ning yangi yoki qayta tiklangan ekanini osongina aniqlash usuli haqida bilib olishingiz mumkin.

O‘QING: iPhone’lar qabristoni: eski smartfonlarni nima qilishadi (+video)?