2020-yilgi qaysi Samsung reklamasi iste’molchilarga eng ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi

2020-yilgi qaysi Samsung reklamasi iste’molchilarga eng ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi

O‘tgan yili chiqarilgan Samsung reklamalaridan biri Kantar'ning Ijodiy samaradorlik mukofotida beshinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Bu bilan Samsung barcha mobil brendlardan peshqadam bo‘ldi.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy A52 5G

Ma’lumotlar tahlili bilan shug‘ullanuvchi Kantar kompaniyasi o‘tgan yili e’lon qilingan 10 mingdan ortiq reklamalarni tahlil qilgan va ularning, iste’molchi nazarida, ijodiy jihatdan samaradorligini o‘rgangan. Koreyalik texnogigantning ushbu ro‘yxat top o‘ntaligiga qaysi reklamasi kirgani sizni hayron qoldirishi mumkin.

Samsung kompaniyasi Heineken, Bosch, Burger King va SheaMoisture kabi kompaniyalardan keyingi beshinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, oltinchi va yettinchi o‘rinlarda Milka va Google turibdi. Aynan qaysi Samsung mahsuloti reklamasi bu o‘rinni egallaganiga to‘xtalsak, bu Galaxy Buds Live reklamasidir. Reklamani quyida tomosha qilishingiz mumkin:

YouTube'ga joylangan reklama unchalik ham ko‘p tomosha qilinmagan, noyabrdan buyon 371 ming marta ko‘rilgan. Shunday bo‘lsa-da, reklama uni tomosha qilganlarga kuchli ta’sir qilgan.

Mohiyatan, reklama ota-onalarni 2020 yilgi karanatin sabab konsertlarga bora olmagan farzandlariga Galaxy Buds Live simsiz quloqchinlarini sotib olib berishga undaydi.

Biroq Kantar'ning izohlashicha, reklamaning muvaffaqiyati sababi barcha muvaffaqiyatli reklamalarda bo‘lgan bir necha umumiy jihatlarda yotadi. Aniqroq aytganda, reklama brend uchun o‘ziga xos va boshqalardan ajralib turadi; u mazmunan o‘zgacha bo‘lib, hissiy munosabatni keltirib chiqaradi va iste’molchi bilan suhbatlashadi.

Ma’lumot uchun, Galaxy Buds Live quloqchinlari 2020-yil avgust oyida taqdim qilingan edi.

O‘QING: Samsung yana ko‘plab qurilmalarini One UI 3.1'ga o‘tkazishda davom etmoqda. To‘liq ro‘yxat bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!