2020 yili eng ko‘p sotilgan o‘nta elektromobil

  •   DiMaX
  •  1552
  •  08.02.2021 13:58

2020 yili eng ko‘p sotilgan o‘nta elektromobil

EV Sales nashri elektromobillar bozorining 2020 yil yakunlarini e’lon qildi. O‘tgan yili eng xaridorgir bo‘lgan Tesla Model 3 bu gal ham barchasidan ko‘p sotilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: ShOK VIDEO: Tesla elektrokari qabristonda arvohni «ko‘rib» to‘xtadi!

Tesla kompaniyasining ushbu modeli elektrokarlar bozorining naq 12 foizini egallab olgan! 2020 yil mobaynida dunyo bo‘ylab 365 240 dona Model 3 sotilibdi.

Ikkinchi o‘rinni xitoyliklarning Wuling HongGuang Mini EV rusumli mashinasi egallagan: 119 255 ta sotilgani bilan bu model bozorning 4 foizini band qilgan. Qizig‘i – ushbu elektromobil yangi bo‘lib, bu yil ham xaridorligini pasaytirmagan: bu yilning yanvarida o‘z yurtida undan 30 mingdan oshiq sotishgan. Agar savdosi shu sur’atda davom etsa, 2021 yilning oxiriga borib u Tesla Model 3’dan o‘zib ketishi mumkin.

Ko‘rib turganingizdek, kuchli uchlikka Renault Zoe ham kirgan – 100 431 dona sotilgan bu elektromobil bozordan uch foizlik ulush olgan. Tesla Model Y krossoverining ko‘rsatkichlari ham ancha yaxshi – 79 734 dona sotilib, 3% bilan to‘rtinchi o‘rinda. Hyundai Kona EV esa bir yildayoq to‘qqizinchidan beshinchi pog‘onaga ko‘tarilib olgan.

O‘QING: O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin