2020 yilning birinchi yarmidagi eng zo‘r 20 ta o‘yin

  •   DiMaX
  •  10963
  •  15.07.2020 10:33

2020 yilning birinchi yarmidagi eng zo‘r 20 ta o‘yin

Taqrizlar agregatori – Metacritic saytining kiber-o‘yinlar borasidagi bir nechta reytinglarini e’lon qilganmiz. Jumladan, u o‘n yillikning eng zo‘r o‘yinlari ikkita reytingda aks ettirgan, yana...

O‘QING: Antireyting: 2019 yilning eng yomon o‘yinlari o‘ntaligi (+video)

Mazkur resurs jamoasi endi joriy yilning birinchi yarmidagi eng yaxshi o‘yinlar ro‘yxatini taqdim etdi. Portal ma’muriyati bunda ommaviy axborot vositalari taqrizlarida eng yuqori baholangan yigirmata o‘yin reytingini tuzdi.

Shunday qilib, 2020 yilning TOP-20 o‘yini va ularning yuz ballik tizimda olgan baholari quyidagicha:

  1. Persona 5 Royal – 95/100;
  2. The Last of Us Part II – 94/100;
  3. Half-Life: Alyx – 93/100;

4-5. Animal Crossing: New Horizons – 90/100;

4-5. Ori and the Will of the Wisps – 90/100;

6-7. Dreams – 89/100;

6-7. Xenoblade Chronicles: Definitive Edition – 89/100;

  1. Doom Eternal – 88/100;

9-10. Final Fantasy VII Remake – 87/100;

9-10. Legends of Runeterra – 87/100;

11-12. Desperados III – 86/100;

11-12. Monster Train – 86/100;

  1. Nioh 2 – 85/100;

14-18. Deep Rock Galactic – 84/100;

14-18. If I Found... – 84/100;

14-18. Lair of the Clockwork God – 84/100;

14-18. Panzer Corps 2 – 84/100;

14-18. Streets of Rage 4 – 84/100;

19-20. Command & Conquer Remastered Collection – 83/100;

19-20. MLB The Show 20 – 83/100.

Metacritic tahririyatining ta’kidlashicha, multiplatformali o‘yinlarning ochkosini hisoblashda ulardan har birining qaysi versiyasi uchun ko‘proq taqriz e’lon qilingan bo‘lsa, o‘shanisi olingan. Mazkur reytingga kirish uchun, o‘yinga ayni shu yo‘nalishga ixtisoslashgan professional matbuot vakillaridan kamida o‘ntasi taqriz e’lon qilgan bo‘lishi kerak.

O‘QING: Tetris o‘ynab, har kuni 5 ming dollar yutib olish mumkin! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.