2020-yilning birinchi yarmidayoq Apple chiqaradigan 6 gadjet

  •   DiMaX
  •  1272
  •  30.01.2020 15:36

2020-yilning birinchi yarmidayoq Apple chiqaradigan 6 gadjet

Mashhur tahlilchi Min-Chi Kuo kupertinolik korporatsiyaning bu yil jami besh xil yangi ayfon, so‘ng «metall sovun» va iPhone SE 2 Plus ham taqdim etishini aytgan. Kuni kecha esa u Apple shu yilning yarmigacha chiqaradigan gadjetlar bo‘yicha prognozini e’lon qildi.

O‘QING: iPhone 12 Pro’lar rekord hajmli «operativka»ga ega, lekin Samsung va Xiaomi flagmanlari...

Adashmas tahlilchiga ko‘ra, «tishlangan olmali» kompaniya shu yilning birinchi yarmidayoq quyidagi devayslarning namoyishini o‘tkazadi:

  1. Ekrani 4,7 dyuymlik iPhone 9 (dastlab uning iPhone SE 2 nomi ostida chiqishi kutilgan) smartfoni.
  2. Yangilangan iPad Pro – flagman planshet. Uning uch modulli bosh kamerasi to‘ldirilgan borliq texnologiyasi bilan ishlash uchun 3D-skanerlashni ham qo‘llab-quvvatlaydi.
  3. Yangi MacBook Pro / Air – bu ikki noutbukdan qaysi modeli chiqishi hozircha aniq emas. Mish-mishlarga ko‘ra, Apple xuddi 16 dyuymlik MacBook kabi klaviaturaga ega bo‘lgan, diagonali 13 dyuym o‘lchamli MacBook Pro tayyorlamoqda.
  4. AirTag – o‘ta keng polosali aloqa texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi, brelokka o‘xshash mitti qurilma. Uni kalitlar shodasiga yoki hamyonga biriktirib qo‘yish va yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda tezda topish mumkin bo‘ladi.

  1. Flagman quloqchin – insayder uning tafsilotlariga to‘xtalmasdan, faqat Bluetooth orqali ishlashini aytgan. Ayrimlar buning Powerbeats 4 modeli bo‘lishini taxmin qilishgan, biroq hozirgi Powerbeats 3 quloqchinlari flagman toifasiga kirmaydi.
  2. Simsiz quvvatlovchi gilamcha – bu haqida ham batafsil ma’lumot yo‘q. Lekin bu 2017 yili e’lon qilingan, avstraliyaliklar «sotib qo‘ygan», oxir-oqibatda bekor qilingan simsiz zaryadlash stansiyasi – AirPower emasligi aniq.

Mazkur ro‘yxat qayta ko‘rib chiqilishi ehtimoli ham bor, chunki koronavirus epidemiyasi tufayli Apple’ga butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi hamkorlarning faoliyatlarida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Eng qimmat ayfon ham DxOMark reytingida Apple’ni sharmanda qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!