2020-yilning eng yaxshi smartfonlari (GSMArena talqini)

2020-yilning eng yaxshi smartfonlari (GSMArena talqini)

Hammamiz uchun og‘ir bo‘lgan 2020-yil (axiri) o‘z yakuniga yetar ekan, sarhisob vaqti keldi. GSMArena.com sayti o‘z mushtariylari orasida yilning eng yaxshi smartfonlari borasida o‘tkazgan ikki bosqichli ovoz berish jarayoni natijalarini e’lon qildi.

Terabayt.uz sayti ushbu reytingni sizga taqdim etadi. Quyida bir necha kategoriya bo‘yicha eng yaxshi va ikkinchi eng yaxshi smartfonlar nomini e’lon qilamiz. Marhamat!

2020-yilning eng yaxshi flagmani — Samsung Galaxy Note20 Ultra 5G

Samsung Galaxy Note20 Ultra 5G smartfoni katta tafovut bilan boshqa raqiblarini changida qoldirdi. 2018-yildagi g‘olib smartfon Note9, 2019-yilgi g‘olib esa Note10+ edi. G‘oliblarning Galaxy Note seriyasi vakillari bo‘lishi tasodif emas, sababi Samsung'ning bu flagman lineykasi o‘zini bozordagi yetakchi sifatida isbotlab qo‘ygan. Galaxy Note'larning ishlab chiqarilishi to‘xtatilayotgani haqida mish-mishlar tarqalgandi, biroq kompaniya bu asossiz gap ekanini aytib, hammamizni xushnud qildi.

Ikkinchi eng yaxshi flagman esa, ehtimol kutganingizdek, Apple iPhone 12 Pro Max smartfonidir. O‘tgan yilgi 11 Pro Max g‘oliblikka erisha olmagandi. Apple'ning bu yil amalga oshirgan o‘zgarishlari o‘z natijasini berdi.

...

2020-yilning eng yaxshi flagman qotili — Samsung Galaxy S20 FE 5G

Ushbu reyting go‘yo fantastik roman syujetiga o‘xshab qoldi. Bu romanda Galaxy smartfoni qirol, uning ukasi esa qirolning qotili. Samsung Galaxy S20 FE'ning eng yaxshi flagman qotili sifatida g‘olib bo‘lgani smartfon ishqibozlari uchun Snapdragon vs Exynos masalasi qanchalar muhim ekanining yorqin namunasidir. Yoki ushbu model shunchaki zo‘r smartfon bo‘lgani uchun g‘olib bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rin bilan cheklangan qurilma esa OnePlus 8T smartfonidir. OnePlus 8 Pro eng yaxshi flagmanlar qatoriga kira olmagan bo‘lsa-da, 8T «qotil» sifatida ikkinchilikni band etdi.

...

2020-yilning eng yaxshi kamerafoni — Huawei Mate 40 Pro

Huawei yaxshi kamerali smartfonlar bozorida yetkachi ekani bois Huawei Mate 40 Pro'ning ushbu kategoriya yetakchisiga aylanganiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Sony'ning kameralari, Leica'ning nou-haui va Huawei'ning muhandisligi jamlanmasi g‘olib kombinatsiyani hosil qilgan. Lekin, afsuski, global siyosat sabab Mate smartfonlari asl potensiali darajasida ommalasha olmadi.

Samsung Galaxy Note20 Ultra 5G smartfoni har tomonlama zo‘r flagman bo‘lish bilan birga, 2020-yilning eng yaxshi kamerali smartfonlaridan biri bo‘ldi. Samsung'ning flagmani kupertinoliklarning iPhone 12 Pro Max'ni kichik hisobda ortda qoldirib, ikkinchi marta iPhone ustidan g‘alaba qozondi.

...

2020-yilning eng yaxshi o‘rta toifa qurilmasi — Poco X3 NFC

Yakuniga yetib borayotgan yil boshida Poco kompaniyasi Xiaomi'dan ajralib chiqqanini e’lon qilib, Poco X3 NFC smartfoni bilan o‘rta toifa qurilmalar bozorida o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘ldi. O‘tgan yili eng yaxshi o‘rta narxli smartfon Redmi Note modeli bo‘lgandi.

Ikkinchi eng yaxshi o‘rta toifa smartfon esa Samsung Galaxy A51 (original 4G veriyasi) bo‘ldi. O‘tgan yili xuddi shu o‘rin Galaxy A70'ga nasib etgandi.

...

2020-yilning eng zo‘r hamyonbop 5G smartfoni — OnePlus Nord

Nord smartfonini chiqarish bilan OnePlus tavakkalga qo‘l urgandi, biroq bu o‘zining ijobiy natijasini berdi. OnePlus Nord kompaniya hozirgacha chiqargan ikkinchi hamyonbop smartfon bo‘lishiga qaramay, yillik reytingga kira oldi.

Xiaomi Mi 10T Lite 5G smartfoni kichik farq bilan ikkinchi eng yaxshi hamyonbop 5G smartfon bo‘ldi. Mi 10T Lite 5G ovoz berishning dastlabki bosqichida Mi 10 Lite 5G («T»siz) ni osonlikcha yengib, Galaxy A51 5G'ni ham yo‘lda qoldirgan.

...

2020-yilning eng yaxshi o‘yin va novator smartfonlari

Yilning eng yaxshi o‘yin smartfoni nomi Asus ROG Phone 3 ZS661KS'ga nasib qilgan bo‘lsa, LG Wing 5G 2020-yilning novator (yangilik qiluvchi) smartfoni deb tanlandi.

...

O‘QING: Roskachestvo reytingi: eng zo‘r smartfon – bulturgi flagman, eng qimmati esa atigi 4-o‘rinda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.