2020 yilning eng zo‘r to‘rtta kamerofoni (DxOMark reytingi)

  •   DiMaX
  •  1923
  •  04.01.2021 10:51

2020 yilning eng zo‘r to‘rtta kamerofoni (DxOMark reytingi)

Turli qurilmalar kameralarini test qilib xolis baholovchi DxOMark laboratoriyasi 2020 yil yakunlarini chiqardi. Mutaxassislar shu 12 oy mobaynida chiqqan va o‘zlari tekshirib ko‘rgan kamerofonlarning oltita yo‘nalish bo‘yicha eng kuchlilarini e’lon qilishdi.

O‘QING: DxOMark eng kuchli Samsung va Apple flagmanlarining selfi-jangini o‘tkazdi

  1. Eng zo‘r kamerofon

Garchi turli toifalar bo‘yicha g‘oliblarni e’lon qilishgan bo‘lsa-da, umumiy hisobda tengsiz bitta lider bor – Huawei kompaniyasining Mate 40 Pro+ flagmani. Asosiy kamerasida rasmga olish bo‘yicha u DxOMark umumiy reytingida yetakchi bo‘lib turibdi: 144 ballik rekord!

Aytish kerakki, xitoylik texnogigant Huawei Mate 40 turkumidagi flagman smartfonlarini oktyabrda taqdim etgan edi. Standart modeldan tashqari, unga Mate 40 Pro hamda Mate 40 Pro+ flagmanlari ham kirgan.

O‘QING: Beshta yo‘nalishda 2020 yilning eng zo‘r Android-smartfonlari (Gizmochina reytingi)

  1. Video olish uchun eng kuchli zo‘ri

Huawei Mate 40 Pro kamerofoni videoga tushirish bo‘yicha DxOMark reytingida 116 ball bilan yetakchi bo‘lib turibdi. Uning mahoratini quyidagi lavha ham isbotlaydi:

Darvoqe, AnTuTu benchmarkiga ko‘ra eng kuchli Android-flagmanlarning oktyabrdagi reytingi g‘oliblari ham, noyabrdagi liderlar ham shu Mate 40 Pro+ hamda Mate 40 Pro smartfonlari bo‘ladi.

O‘QING: AnTuTu’da yangi rekord: million balldan yuqori natijaga erishgan ilk gadjet!

  1. Tungi s’yomkaga eng yaxshisi

Eng zo‘r kamerofon – Huawei Mate 40 Pro+ tunda foto va video olish bo‘yicha ham liderlikni hech kimga berib qo‘ymagan.

Uning tungi suratkashlik mahoratini aks ettiruvchi yuqoridagi suratni texnik sabablarga ko‘ra sal ixchamlashtirib joylaganmiz. Undan to‘laqonli zavq olish uchun ushbu havola orqali ochib ko‘rishingiz mumkin – rasmda manzaraning har bir detaligacha aniq ko‘rinib turibdi!

O‘QING: iPhone 12 Pro bu testda Xiaomi va Huawei flagmanlariga yengildi!

  1. Boke effekti bilan suratga oluvchi ikkita eng zo‘r kamerofon

DxOMark ekspertlari bu yo‘nalishda ikkita flagmanni e’tirof etishgan – Huawei Mate 40 Pro hamda Samsung Galaxy S20 Ultra 5G.

Eslatib o‘tamiz: qisqa qmlib aytganda, boke effekti – orqa fonni xiralashtirgan holda asosiy ob’yektni tiniq qilib suratga olish mahoratidir.

O‘QING: Android-smartfon kamerasidan  100 foiz foydalanishning 10 ta usuli

  1. Telefoto kamerasi eng zo‘r smartfon

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha Xiaomi kompaniyasining yubiley superflagmani – Mi 10 Ultra g‘olib bo‘lgan.

  1. Keng burchakli kamerasi eng zo‘r telefon

«Xitoycha Apple»ning Xiaomi Mi 10 Ultra modeli bu borada ham eng zo‘ri ekanligini ko‘rsatgan.

Yuqoridagi kamerofonlarga DxOMark laboratoriyasi bergan baholar bilan batafsil (ingliz tilida) tanishishni istovchilar mazkur havola orqali uning saytiga o‘tishlari mumkin.

O‘QING: 2020 yilning eng ommabop 20 smartfoni

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.