2021 yil 1-chorakdagi eng zo‘r o‘nta smartfon (Master Lu reytingi)

  •   DiMaX
  •  875
  •  18.04.2021 19:40

2021 yil 1-chorakdagi eng zo‘r o‘nta smartfon (Master Lu reytingi)

Keyingi kunlarda biz mart oyidagi testlar natijalariga ko‘ra AnTuTu benchmarkining bir nechta reytinglarini e’lon qildik. Bular: Xitoy bozoridagi eng kuchli Android-flagmanlar va o‘rta narxli smartfonlar, jahon miqyosidagi eng zo‘r flagmanlar va eng kuchli hamyonbop smartfonlar, shuningdek, o‘z egalarini rozi qilgan smartfonlar kabilardir. Bu ro‘yxatlardan tashqari...

O‘QING: O‘z narxi doirasida eng kuchli smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi, 2021 yil mart)

Master Lu benchmarki esa joriy yilning birinchi kvartalidagi tekshirishlar natijalariga ko‘ra eng tezkor smartfonlar TOP-o‘ntaligini taqdim qildi. Turgan gapki, undagi barcha flagmanlar Snapdragon 888 protsessori bazasida ishlovchi modellardir.

Samaradorlik bo‘yicha kuchli uchlikda faqat o‘yinbop smartfonlarni ko‘ramiz: Asus ROG Phone 5, Black Shark 4 Pro hamda Nubia Red Devil 6 Pro (yana bir nomi – Red Magic 6 Pro).

E’tibor bergan bo‘lsangiz, kuchli o‘nlikka faqatgina Xiaomi kompaniyasining uchta vakili kirgan: 2-o‘rindagi geymerofondan tashqari Mi 11 Ultra (4-o‘rin) hamda Redmi K40 Pro+ (10-o‘rin) smartfonlari.

Reytingda beshinchidan to‘qqizinchigacha pog‘onalarda mos tarzda vivo X60 Pro, iQOO 7 (buyam Vivo kompaniyasiga qarashli), Oppo Find X3 Pro, OnePlus 9 Pro hamda Realme GT (bunisi Oppo subbrendiga tegishli) smartfonlarini ko‘ramiz.

O‘QING: «Urush xudosi» nomli bu yangi smartfonni Redmi rahbari qo‘lidan qo‘ya olmayapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!