2021 yil 31 yanvargacha do‘stingizni taklif qilib, birgalikda 1300 megabayt oling!

  •   DiMaX
  •  2674
  •  13.11.2020 18:08

2021 yil 31 yanvargacha do‘stingizni taklif qilib, birgalikda 1300 megabayt oling!

Beeline uyali aloqa opertori kuni kecha «Super Oy» turkumida 1000 megabaytlikdan to 50 ming megabaytlikkacha hajmdagi yetti xil to‘plam chiqargan edi. Endi esa bu kompaniya «Do‘stingizni taklif qiling!» aksiyasining muddati uzayganini e’lon qildi.

O‘QING: Operator o‘z xizmatlari shartlariga o‘zgartirish kiritdi

Beeline Uzbekistan ilovasida Beeline Club 2.0 dasturiga do‘stingizni taklif qiling va har bir yangi ishtirokchi uchun bonusga ega bo‘ling, deyiladi «Bilayn» rasmiy xabarida.

Taklif qilish uchun ikki usuldan birini tanlashingiz mumkin:

- kontaktlaringizga promokod bilan SMS yuborish. Buning uchun ro‘yxatdan kontaktlaringizni tanlang, tasdiqlaganingizdan so‘ng ularga sizning raqamingizdan SMS yuboriladi. SMS-taklifnomalar BEPUL!

- ijtimoiy tarmoqlarda yoki messenjerlarda promokodli havolani bo‘lishish.

Taklif qilgan do‘stingiz avval Beeline Club 2.0 dasturiga a’zo bo‘lib, so‘ng Beeline Uzbekistan ilovasida «Do‘stingizni taklif qiling!» bo‘limida promokodni kiritishi lozim.

Barcha shartlarga rioya qilinganda sizga 300 MB, ishtirokchiga aylangan do‘stingizga esa 1000 MB taqdim qilinadi. Do‘stingiz shu tariqa Beeline Club 2.0 yangi sodiqlik dasturining ishtirokchisiga aylanadi!

Beeline Club 2.0 haqida bu yerda batafsil ma’lumot olish, Beeline Uzbekistan ilovasini esa mana bu yerdan yuklab olish mumkin. Bundan tashqari, do‘stingiz ham o‘z yaqinlarini taklif qilib, bonuslar olishi mumkin!

«Do‘stingizni taklif qiling!» aksiyasi endi 2021 yilning 31 yanvarigacha amal qiladigan bo‘ldi, uning shartlari bilan to‘liq tanishish uchun mazkur havola orqali o‘tasiz.

O‘QING: Operatorlarimiz reytingida jiddiy o‘zgarish: endi kimda qancha abonent bor? (+infografik video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!