2021-yil avgust oyining eng yaxshi 8 ta yangi ilovasi bilan tanishamiz

2021-yil avgust oyining eng yaxshi 8 ta yangi ilovasi bilan tanishamiz

Ilova yaratuvchi dasturchilar har kuni biror yangilik qilib, bizning smartfon va planshetlardan foydalanish amaliyotimizni yaxshilashga urinmoqda. Har kuni ko‘plab yangi dasturlar taqdim qilingani bois ularning hisobini osongina yo‘qotib qo‘yish mumkin. Ko‘pgina ilova orasidan eng yaxshilarini saralab olish oson emas, shu boisdan biz sizga o‘zimizga eng ma’qul kelganlarini quyida ulashishga qaror qildik.

O‘QING: Pullik ilovalarni tekinga yuklaymiz (1-qism)

2021-yil avgustda chiqqan eng yaxshi 8 ta yangi ilova:

1. Adobe Connect
2. IMDb TV
3. Magnolia
4. Moonbeam
5. Notification Light for Pixel
6. SwirlWalls
7. Uncomplicated Launcher
8. Videoleap by Lightricks

1. Adobe Connect

Narxi: tekin / turli narxda obunalar mavjud

Adobe Connect aslida yangi ilova emas. Dastur anchadan beri mavjud. Holbuki, ilova yaqinda butunlay yangilanib, o‘zgacha talqinda taqdim qilindi. Sodda qilib tushuntirsak, mazkur ilova Adobe'ning Zoom muqobili hisoblanadi. Audio yoki video konferensiyaga qo‘shilishingiz, ekranni boshqa qatnashchilar bilan ulashishingiz, zarurat tug‘ilganda, telefon raqam orqali qo‘ng‘iroq qilishingiz ham mumkin. Chat funksiyasi ham bor. Shuningdek, video konferensiya vaqti gapirish uchun qo‘lingizni ko‘tarishingiz va boshqa zamonaviy funksiyalardan foydalanishingiz ham mumkin. Ilova ayni damda dastlabki beta talqinida, shu boisdan, uning ishlashida muammolar bo‘lishi mumkin. Dasturdan sinov muddati tugagunga qadar bepul foydalanasiz, keyin pul to‘laysiz.

Yuklash

2. IMDb TV

Narxi: tekin

IMDb TV ilovasi ham mobil qurilmalar, ham Android TV televizorlari uchun mavjud. Dastur reklamalar orqali daromad qiluvchi tekin striming xizmati hisoblanadi. Mazkur ilova orqali turli film va teleshoularni bepul tomosha qilish mumkin. Boshqa striming xizmatlarida mavjud bo‘lgan kontentga qo‘shimcha ravishda IMDb TV'da original video mahsulotlar ham bor. Taqdim qilinayotgan kontent ham, striming sifati ham yaxshi. Ammo ilova yanada takomillashtirilishi kerak. Masalan, oddiygina qidiruv funksiyasi mavjud emas. Umid qilamizki, IMDb'dagilar bu muammoni tez orada bartaraf etadi.

Yuklash

3. Magnolia

Narxi: tekin / oyiga 4,99 – 6,99 dollar

Magnolia ham yana bir yangi striming ilovasidir. Dastur orqali faqatgina Magnolia tarmog‘ini tomosha qilish mumkin. Ilovada bir qancha teleshoular, original kontent, ustachilik darslari, qo‘llanma videolar va h.k. lar bor. Magnolia'ning zo‘r tomonlaridan biri shuki, teleshoularda ko‘rgan mahsulotlaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova orqali xarid qilish imkoni bor. Ilova yetarlicha yaxshi ishlaydi, lekin IMDb TV kabi uni ham yaxshilash kerak.

Yuklash

O‘QING: Android uchun ochiq kodli eng yaxshi 10 ta ilova

4. Moonbeam

Narxi: tekin, ichki xaridlar bor

Moonbeam podkastlar kutubxonasi hisoblanadi. Ilovani ochib, o‘zingiz qiziqqan mazvularni belgilaysiz va dastur sizga ko‘rsatilgan sohalar bo‘yicha podkastlarni ko‘rsatadi. Dastur hech qanday muammolarisz ravon ishlaydi. Asosiy oynada bir necha daqiqagina uzunlikka ega podkastlar lentasi ko‘rsatiladi. Ilovadan deyarli barcha mavzulardagi podkastlarni tinglashingiz mumkin.

Yuklash

5. Notification Light for Pixel

Narxi: tekin / 4,99 dollargacha

Notification Light for Pixel ilovasi Pixel smartfonlari uchun bildirishnoma temalarini taqdim etadi. Dastur, asosan, Pixel 4a va Pixel 5 smartfonlarida yaxshi ishlaydi, lekin dasturchining aytishicha, boshqa Pixel modellari ham qo‘llab-quvvatlanadi. Bildirishnoma chirog‘ini ko‘rsatish uchun Always On Display'dan foydalaniladi. Har turli chiroq va bildirishnoma temalari mavjud.

Yuklash

6. SwirlWalls

Narxi: tekin / 4,99 dollar

SwirlWalls oboy ilovasi hisoblanadi. Dasturda yuqori sifatli, animatsiyali ekran tasvirlari mavjud. Fonni harakatlantirish uchun telefoningizga bir marta chertishingiz ham mumkin. Ilova ko‘plab sozlama va maxsus parametrlarga ega. Smartfoningizga rang-baranglik taqdim qilmoqchi bo‘lsangiz, dastur aynan siz uchun.

Yuklash

7. Uncomplicated Launcher

Narxi: tekin / 2,49 dollar

Uncomplicated Launcher biroz takomillashtirilishi kerak bo‘lgan ajoyib g‘oya mahsuli. Dastur katta yoshi va texnologiyani yaxshi tushunmaydiganlar uchun sodda launcher ilovasidir. Unda asosiy funkiyalar, jumladan, qo‘ng‘iroq qilish, matnli xabarlar yozish, budilnik, foto va h.k. lar uchun katta o‘lchamli tugmalar bor. Dastur tarkibiga, shuningdek, bir qator temalar, ekranni tasodifiy teginishlardan himoyalash va shu kabilar kiradi. Ilovaning yagona kamchiligi uning dizaynida. Dastur ortidagi g‘oya taqsinga loyiq bo‘lsa-da, tugmalar va interfeysning ba’zi elementlari yoqimsiz ko‘rinish kasb etgan. Shunday bo‘lsa-da, zamonaviy texnologiyaning murakkabliklarini tushuna olmaydiganlar uchun bu ilova yuqori potensialga ega.

Yuklash

8. Videoleap by Lightricks

Narxi: tekin / oyiga 7,99 / yiliga 35,99 / bir umrga 69,99 dollar

Videoleap — yangi video tahrirlash ilovasi. Dastur tezkorlik bilan yuqori rezolyutsiyali videolar yaratish imkoniyati bilan maqtana oladi. Ilova xroma kalitini qo‘llab-quvvatlaydi, videolarni kesa oladi, cheksiz oxirgi amalga qaytish funksiyasiga ega. Mobil video tahrirlash ilovasi uchun yetarlicha funksiyalar bor. Bundan tashqari, filtrlar, maxsus effektlar, ranglarni to‘g‘rilash va h.k. lar ham bor.

Yuklash

O‘QING: Android'da video montaj uchun 10 ilova

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!