2021-yil bestseller smartfoni iPhone emas!

2021-yil bestseller smartfoni iPhone emas!

Samsung Galaxy A12 global tadqiqotchi kompaniya, Omdia tomonidan taqdim qilingan hisobotga ko‘ra, 2021-yilning eng ko‘p sotilgan smartfoni bo‘ldi. Quyidagi jadvaldan ko‘radigan bo‘lsak, Samsung 2020-yilda chiqargan bu byudjet smartfon 51.8 million atrofida sotilgan.

Galaxy A12'dan ko‘ra 5 baravar qimmatroq bo‘lishiga qaramay, iPhone 12 smartfoni 41.7 million natija bilan o‘tgan yilning eng ko‘p sotilgan ikkinchi smarfoni bo‘lib turibdi. Uchinchi o‘rinni esa 2021-yilning so‘nggi choragida taqdim qilingan iPhone 13 smartfoni egallagan va u 34.9 million dona sotilgan. To‘rtinchi o‘rin ham Apple smartfoni tomonidan band qilingan - iPhone 11 smartfonidan 33.6 millionta sotilgan.

Xitoyning yana Xiaomi kompaniyasi smartfoni ham qatordan qolmagan va u top beshtalikning eng oxirgisi bo‘lgan. Atigi $78 narxdagi Redmi 9A byudjet telefonidan 26.8 millionta sotib olingan.

Undan keyingi to‘rtta o‘rinni ming dollardan oshiq narxdagi Apple premium smartfonlari egallagan: iPhone 12 Pro Max, iPhone 13 Pro Max, iPhone 12 Pro va iPhone 13 Pro.

Top o‘ntalik Samsung'ning yana bir byudjet smartfoni, Galaxy A02 bilan tugatiladi. Kompaniya ushbu modeldan 18.3 million dona sotgan.

O‘QING: Samsung yangi Onxy rangdagi Galaxy Buds 2 va Buds Live quloqchinlarni taqdim etdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!