2021 yil boshida butun jahonda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon

  •   DiMaX
  •  2646
  •  10.04.2021 17:04

2021 yil boshida butun jahonda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon

Counterpoint Research tadqiqot firmasi joriy yilning yanvar oyi davomida dunyo bo‘yicha eng xaridorgir bo‘lgan smartfonlarni e’lon qildi. Qizig‘i – bu o‘ntalikda naq oltita iPhone bor va Android tizimli bittayam flagman yo‘q.

O‘QING: iPhone 12’lar haqida o‘nta qiziqarli fakt

Hisobotga ko‘ra, 2021 yilning birinchi oyida butun dunyoda eng ko‘p sotilgan telefon – standart talqindagi iPhone 12 ekan. Kuchli uchlikka yana uning ikkita sherigi – iPhone 12 Pro Max hamda iPhone 12 Pro modellari kirgan. Xabarda ta’kidlanishicha, yanvarda Apple sotgan qurilmalarning 71 foizini shu uchta smartfon tashkil etgan.

Quyidagi diagrammada o‘sha oyda eng xaridorgir bo‘lgan o‘nta model va ulardan har birining umumiy smartfon bozoridagi ulushi (foizlarda) ko‘rsatilgan:

Ko‘rib turganingizdek, keyingi o‘rinlarni tegishlicha iPhone 11, Redmi 9A, Redmi 9, Samsung Galaxy A21S, iPhone 12 mini, Samsung Galaxy A31 hamda iPhone SE (2020) smartfonlari egallagan.

Statistikadan ma’lum bo‘lishicha, narxi 150 dollardan oshmaydigan Redmi 9A va Redmi 9 modellari Xiaomi yanvarda sotgan barcha smartfonlarning naq 25 foiziga to‘g‘ri kelgan. Samsung kompaniyasining eng ko‘p sotilgan ikkita modeli esa o‘rta narx toifasiga mansub.

Darvoqe, kuni kecha biz iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilayotgan Xitoy flagmanlari haqida ma’lumot bergan edik. Shuningdek, ayfon egalarini Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab ham siz uchun qiziq bo‘lsa kerak.

O‘QING: Qaysi smartfonlardan o‘z egalari rostakamiga rozi? (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!