2021 yil boshida o‘z narxiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi)

  •   DiMaX
  •  5002
  •  08.02.2021 10:38

2021 yil boshida o‘z narxiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi)

Yaqindagina biz 2021 yilning birinchi oyida AnTuTu benchmarkida tekshirib ko‘rilgan eng qudratli o‘nta smartfon reytingini chiqargan edik. Ushbu servis jamoasi xitoyliklar tomonidan yanvarda tekshirib ko‘rilgan o‘rta narxli smartfonlarning ham eng kuchlilarini e’lon qilgandi. Bulardan tashqari...

O‘QING: Egasini rozi qilgan o‘nta iPhone va iPad (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

AnTuTu benchmarki endi besh xil narx toifasiga ko‘ra eng kuchli Android-smartfonlarni ham e’lon qildi. Bu yil yanvardan mazkur jamoa o‘z reytinglarida narx toifalarini qaytadan ko‘rib chiqqan. Masalan, eng arzon modellar turkumiga oldin narxi 1499 yuangacha (taxminan 232 AQSh dollari) bo‘lganlari kiritilgan bo‘lsa, endi bu toifa 1999 yuangacha (310 dollargacha) kengaytirilgan. Bu esa turli modellarda 5G-smartfonlar ko‘payib, umumiy narxlarning biroz ko‘tarilishi bilan bog‘liq.

Xullasi kalom, eng arzon smartfonlar orasida yetakchilik tezkor/ichki xotirasi 6/128 gigabaytlik Redmi 10X flagmaniga nasib etdi. Mazkur turkumdagi qolgan o‘nta model esa quyidagilardir:

E’tibor bering: ushbu reyting taxtini ham, undagi eng ko‘p – oltita o‘rinni ham Redmi brendi vakillari egallagan. Ro‘yxatga Realme brendining ikkita, Honor va iQOO brendlarining esa bittadan smartfonlari kirgan.

O‘QING: TOP-10: Eng ravon ishlovchi smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil)

Ikkinchi toifadagi – narxi 2000 dan to 2999 yuangacha (233–464 dollarlik) smartfonlar lideri esa 8/128 gigabaytlik Redmi K30 Extreme Commemorative Edition yubiley flagmani bo‘lgan:

3000–3999 yuanlik (465–618 dollarlik) smartfonlar orasida 8/128 gigabaytlik iQOO 7 geymerofoni g‘olib kelgan:

Aytish kerakki, Vivo kompaniyasiga qarashli brendning ushbu modeli Qualcomm’ning eng kuchli chipseti – Snapdragon 888 bazasida ishlaydigan ikkinchi smartfon sifatida maydonga tushgan.

O‘QING: iQOO 7 ham chiqdi: Snapdragon 888 chipli ikkinchi flagman Xiaomi Mi 11’dan zo‘r, lekin undan arzon!

Xitoydagi narxi 4000–4999 yuan (619–773 dollar) orasida bo‘lgan telefonlar ichida esa 8/256 gigabaytlik Xiaomi Mi 11 flagmani birinchi o‘rinni zabt etgan:

Eng qimmat – narxi 774 dollardan oshuvchi smartfonlar reytingida Xiaomi kompaniyasining yubiley superflagman – Mi 10 Extreme Commemorative Edition (global versiyada – Xiaomi Mi 10 Ultra) g‘olib bo‘lib turibdi:

Ta’kidlab o‘tish kerakki, yuqoridagi beshta reytingga kirgan smartfonlarning aksariyati 2020 yilgi modellardir. Snapdragon 888 protsessorli ikkita flagman ikkita narx toifasiga ko‘ra eng zo‘ri bo‘lib turibdi. Keyingi oyda ushbu platforma bazasida yangi smartfonlar chiqib, samaradorlik reytinglarida vaziyat ancha o‘zgarishi kutilmoqda.

O‘QING: Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.